Qozog‘iston prezidentining o‘g‘li surati birinchi bor e’lon qilindi

Qozog‘iston prezidentining o‘g‘li surati birinchi bor e’lon qilindi

Qozog‘istonlik siyosatchi  Erbol Yedilov o‘z Telegram-kanalida prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevning o‘g‘li surati bilan bo‘lishdi. Ta’kidlanishicha, ushbu surat Qozog‘iston prezidenti o‘g‘li Timur Toqayevning ilk e’lon qilingan surati hisoblanadi.

Ochiq manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Timur Toqayev Qozog‘iston prezidentining yagona o‘g‘li hisoblanadi. Yedilovning ta’kidlashicha, Timur 2009 yilda “Qozog‘iston Respublikasining G‘arbga nisbatan strategiyasi” mavzusida dissertasiya ishini himoyalagan va otasi kabi siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. Timurning yoshi 35 da bo‘lib, neft sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, u o‘z bobosi Kamol Toqayev nomidagi xayriya jamg‘armasini boshqaradi. 

Ta’kidlanishicha, Qosim-Jo‘mart Toqayev rafiqasi bilan ajrashgan bo‘lib, bu ma’lumot Qozog‘iston prezidentining tarjima holida ko‘rsatib o‘tilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!