Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar uchun yana bir imtiyoz kuchga kiradi

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar uchun yana bir imtiyoz kuchga kiradi

Ertaga — 1 oktyabrdan Prezidentning tegishli farmoniga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishda, shu jumladan eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan xomashyoni respublika bo‘ylab tashishda transport xarajatlarining 70 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Mazkur imtiyoz Tashqi savdo, investisiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan ro‘yxatga asosan qo‘llaniladi.

Imtiyoz 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!