Qoraqalpog‘istondagi “Suyenli” magistral kanali rekonstruksiya qilinadi

Qoraqalpog‘istondagi “Suyenli” magistral kanali rekonstruksiya qilinadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Fransiyaning O‘zbekstondagi elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari A.Daniyarov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari ishtirok etgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarini suv bilan ta’minlovchi “Suyenli” magistral kanalini rekonstruksiya qilish masalasi muhokama etildi.

Uchrashuv avvalida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari T.Madreymov loyihasini amalga oshirish, xususan, “Suyenli” magistral kanalini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan taqdimot bilan mehmonlarni tanishtirdi.

Ta’kidlanganidek, Taxiatosh, Xo‘jayli, Shomanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlaridagi sug‘oriladigan yer maydonlariga xizmat qiluvchi “Suyenli” magistral kanalini rekonstruksiya qilish 2023–2027 yillar etib belgilangan. Bugungi kunda mazkur tashkilot tomonidan “Suyenli” magistral kanalini rekonstruksiya qilish ishlash bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosini (TEO) va ishchi me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvda Fransiya taraqqiyot agentligi va Yevropa investisiya banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Orol dengizi quyi havzasidagi degradasiyaga uchragan yerlarni tiklash va sug‘orish bo‘yicha investisiya dasturi bo‘yicha AgroParicTech universitetidan fransiyalik ikkita talaba 2023 yil 17 martdan boshlab Qoraqalpog‘istonga kelgani va ular joriy yilning avgust oyi o‘rtalarigacha shimoliy tumanlarni suv bilan ta’minlovchi “Suyenli” magistral kanali bo‘ylab qishloq xo‘jaligi holatini baholashga oid ma’lumotlarni to‘plash ishlarini olib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Mehmonlar hududlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda Orolbo‘yining o‘ziga xos tabiati, iqlim sharoiti, sug‘orish tarmoqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganini, kelgusida hamkorlik bo‘yicha ham o‘zlarining taklif-mulohalarini bildirib o‘tdilar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!