Qoraqalpog‘istonda IIB xodimlari olib ketganidan keyin vafot etgan erkakning tanasida jarohat izlari topildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda IIB xodimlari olib ketganidan keyin vafot etgan erkakning tanasida jarohat izlari topildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avval ijtimoiy tarmoqlarda «Taxiatosh tumanida yashovchi fuqaro B.Dauletmuratovning IIB xodimlari tomonidan olib ketilib, kaltaklangani va uning natijasida vafot etganligi» bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Aniqlanishicha, 23.05.2021 yili Taxiatosh tumanida yashovchi fuqaro B.Dauletmuratovning ko‘chada mast holatda yotganligi yuzasidan xabar bergan shaxslarning chaqiruvga binoan voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari uni Taxiatosh tuman IIB olib ketadi. Bu yerda uning sog‘ligi yomonlashganligi sababli, Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasida esa B.Dauletmuratovga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, shu kuni qarindoshlari orqali uyiga ruxsat berib yuborilgan.

B.Dauletmuratov uyida ahvoli yomonlashganligi sababli 29.05.2021 yilda yana Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va davolash muolajalaridan keyin 05.07.2021 yilda uyida vafot etgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, B.Dauletmuratovning o‘limi o‘pka pnevmaniyasi natijasida kelib chiqqanligi, lekin uning badanida o‘limidan oldin yetkazilgan tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur halat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda uning tanasidagi jarohati qachon va kim tomonidan yetkazilganligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!