Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan musiqa festivalidan aholi nega norozi?

Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan musiqa festivalidan aholi nega norozi?

14 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida o‘ndan ortiq davlatdan tashrif buyurgan dijeylar ishtirokida o‘tkazilgan “Stixiya” nomli elektron musiqa festivalidan aholining ko‘p qismi norozi bo‘ldi.

Turon24 ushbu festivalda qatnashgan mahalliy aholi taassurotlari bilan qiziqdi. Ba’zi fuqarolar ushbu loyiha to‘g‘risida ijobiy fikr bildirdi. Lekin aholining ko‘p qismi festivalga tanqidiy munosabatda ekani aniqlandi.

“Orol muammosini hal qilishga xalqaro tashkilotlar jon kuydirayotgani – quvonarli hol. Lekin ayni daqiqalardagi muhit ko‘nglimni xira qilyapti, – dedi Dilnoza Qobulova. – Yangrayotgan ohanglardan hech qanday ma’no topa olmayapman, bu – "musiqa" deyishga til bormaydigan allaqanday shovqinli, zarbli tovushlar jarangi. Odamlar orasida qaroqchilar belgisi tushirilgan qora tusdagi qo‘rqinchli bayroq hilpirab turibdi. To‘g‘ri, Orolni asrashimiz kerak, lekin ezgu qadriyatlarni oyoqosti qilish evaziga emas! Axir axloqimizni ham asrashimiz kerak. Bunday tadbirlar milliy an’analarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini xohlayman”.

“Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, xalqaro jamoatchilik e’tiborini Orol fojiasiga qaratish, mazkur global ekohalokat mohiyatini yanada chuqur anglashga undashdan iborat”, deydi tashkilotchilardan biri, aktyor Javohir Zokirov.

Eslatib o‘tamiz, Festival “Centil Law Film”, “TrendSetter”, “Peopletravel” tashkilotlari tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, BMTning Taraqqiyot Dasturi ko‘magi bilan tashkil etilgan edi. Festivalda Markaziy Osiyo davlatlari bilan bir qatorda AQSH, Isroil, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlaridan ko‘plab sayyohlar, musiqa ixlosmandlari ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!