Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida ichida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Damas avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Avtomashina ichida bo‘lgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularda tan jarohatlari aniqlanmagach, uylariga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning umumiy ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida tegishli mas’ullarga xizmat tekshiruvi va hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Bunday holatlarning sodir bo‘lmasligi, qayta yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!