Qoraqalpog‘istonda ayol eriga jahl qilib 5 yoshli qizini bolta bilan jarohatladi

Qoraqalpog‘istonda ayol eriga jahl qilib 5 yoshli qizini bolta bilan jarohatladi

Amudaryo tumanining chekka ovullaridan birida istiqomat qiluvchi ayol turmush o‘rtog‘i “sen bilan yashamayman, menga senday ayol kerak emas”, deb uyidan onasikiniga ketib qolganiga jahl qilib, alam ustida o‘z yashash xonadonida besh yashar voyaga yetmagan qizining bosh qismiga bir necha marta bolg‘a bilan urgan. So‘ng qo‘liga pichoq olib bosh va o‘ng barmoq qismlariga bir necha marta qasddan urib, qizaloqqa og‘ir shikast yetkazgan. Bu haqda "Zamon" infarmasion dasturi lavha tayyorlagan.

Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, qizaloqda boshning jarohati, bosh miya yopiq jarohati, miya siljishi, bosh suyagi o‘yilgan jarohati, bo‘yin orqa tomon suyaklari sinishi, peshona jarohati, o‘ng qo‘l 3-4 barmoqlar sinishi, o‘ng qo‘l 4-barmoqning tirnog‘i tushishi, bo‘yinning orqa tomoni shilingan jarohatlari aniqlangan.

Tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlarining ko‘rsatgan tibbiy yordamlari tufayli qizaloq omon  qoldi. 

 Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ana  shu jinoyatni sodir etgan berahm ayolning ishi muhokama etildi. Ehtiyot chorasi  sifatida qamoqda saqlanayotgan ayolga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!