Qonliko‘l tumanida byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qonliko‘l tumanida byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va “A.O.” MCHJ mansabdor shaxslari hududdagi “Suyenli” kanaliga nasos agregati o‘rnatish va elektr tarmog‘ini ta’mirlash davomida har biri 217,7 mln so‘mlik 3 dona “SNPE-500/10” rusumli nasos agregatlari o‘rnatilmagan bo‘lsada, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 653,1 mln so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qili) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!