Ramzan Qodirovning RA-73417 bort raqamli Airbus ACJ319 samolyoti (reys raqami RSJ9617) (mahalliy vaqt bilan) soat 23:25 da Grozniydan parvoz qildi. Bu haqda Flightradar24 ma’lumotlariga tayanilgan holda "Agentstvo" xabar bermoqda.
Tafsilotlar:
* Qodirovning samolyoti juma kuni taxminan soat 20:00da Dubaydan Grozniyga yetib kelgan.
* Soat 22:20 atrofida u yana havoga ko‘tarilgan, buni Flightradar24 servisi ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Flightradar24 Grozniydan bo‘lgan parvozni Dubaydan uchishning davomi sifatida ko‘rsatmoqda, bu ehtimol texnik xato. Bunga samolyot Dubaydan uchib kelayotganida Kavkazga yaqinlashgach, 3,5 soatdan ortiq vaqtga "yo‘qolib qolgani" dalil bo‘la oladi (videoga qarang).
* Soat 22:20 da uchgandan so‘ng samolyot Kaspiy dengizi tomon yo‘nalgan. Moskvaga parvozlar doim shu tarzda boshlanadi. Shundan keyin bort transponderni o‘chirgan.
* Volgograd atrofida ekipaj transponderni yana yoqqan — samolyot Moskva tomon uchmoqda.
* Shuningdek, Grozniydan Moskva tomon RA-61717 bort raqamli MCHS Rossiyaga qarashli An-148 samolyoti ham uchib chiqqan.
* RussianPlanes ma’lumotnomasiga ko‘ra, bu samolyotda oltita tibbiy evakuasiya moduli mavjud. U MCHS uchun OAK tomonidan qurilgan "uchuvchi gospital"lardan biri hisoblanadi.
* Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur samolyot Moskvadan Grozniyga taxminan soat 17:00 da uchib chiqqan va 19:30 atrofida Kavkazga qo‘ngan.
* Soat 22:40 da u Grozniydan yana parvoz qilgan. Trayektoriyasiga qaraganda, samolyot Moskva tomon yo‘nalgan.
Yangilangan ma’lumot: Ikki samolyot ham Vnukovo aeroportiga qo‘ngan.
Kontekst:
Avvalroq Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov ishtirokida yo‘l-transport hodisasi bo‘lgani haqida chechen muxolif blog Niyso hamda Kavkaz.Realii nashri xabar bergan.
* Kavkaz.Realii ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston rahbarining 18 yoshli o‘g‘li bo‘lgan avtomashina kortejda birinchi bo‘lib harakatlangan va juda yuqori tezlikda ketgan. Manbalarga ko‘ra, rulda Adam Qodirovning o‘zi bo‘lgan.
* Nashrning aytishicha, Qodirovning o‘g‘li mingan mashina qandaydir to‘siqqa urilgan.
* Boshqa bir manbaning bildirishicha, Adam Qodirov hushiga kelgan va shifokorlar bilan birga Grozniy aeroportiga olib borilgan.
* Uning ahvoli shifokorlarda xavotir uyg‘otmayapti, — deya xabar bergan manba.
Samolet Kadirova viletel iz Groznogo
Samolet Ramzana Kadirova Airbus ACJ319 s bortovim nomerom RA-73417 (nomer reysa RSJ9617) v 23:25 viletel iz Groznogo, sleduyet iz dannix Flightradar24, izuchennix «Agentstvom».
“Манчестер Сити” раҳбарияти жамоанинг ўнг қанот ҳимоясига барибир янги ижрочи олиш керак, деган хулосага қайтди. Айни пайтда клуб скаутлар бир неча номзодни кузатув остига олган.
Мадриднинг «Реал» клуби собиқ бош мураббийи Хаби Алонсонинг рафиқаси Нагоре Аранбуру турмуш ўртоғининг бош мураббийлик лавозимини тарк этиши ҳақида фикр билдирди.
Эслатиб ўтамиз, аввалроқ Украина президенти Зеленский АҚШни Чеченистонга десант туширишга ва Рамзан Қодировни Николас Мадуро каби қўлга олишга чақирган эди.
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Франция президенти ва қўшинлар бош қўмондони Эммануэль Макрон payshanba куни Стратегик авиация базаси Истрес, Буш-дю-Ронда мамлакатнинг “миллий мудофаа йўриқномалари” ҳақида нутқ сўзлади.
АҚШ Мудофаа вазирлиги бир йилдан ортиқ вақтдан бери махфий операция орқали сотиб олинган қурилмани ўрганмоқда. Айрим мутахассисларнинг фикрича, мазкур қурилма АҚШ разведка ходимлари, дипломатлари ва ҳарбийларида кузатилган “Гавана синдроми” деб аталувчи соғлиқдаги номаълум муаммоларга сабаб бўлиши мумкин.
Бухорода йирик қарздорлик бўйича суд қарорига бепарво қараб келган Бухоро тумани ҳокимлигига тегишли Cobalt русумли хизмат автомашинаси жарима майдончасига олиб қўйилди.
АҚШ президенти Дональд Трамп Truth Social ижтимоий тармоғидаги саҳифасида эронликларни норозилик акцияларини давом эттиришга чақириб, намойишчиларга нисбатан зўравонлик тўхтамагунча Эрон расмийлари билан барча учрашувларни бекор қилганини билдирди.