Qodirov Lisichansk shahriga hujum boshlanganini e’lon qildi

Qodirov Lisichansk shahriga hujum boshlanganini e’lon qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida Rossiya qo‘shinlari Lisichansk shahri (Lugansk viloyati)ga kirib kelgani haqida videomurojaat e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, hozir Donbassda "juda yaxshi maxsus tadbir" bo‘lib o‘tmoqda, unda Rossiya Mudofaa vazirligining, Rossiya gvardiyasining, DXR va LXR milisiyasining eng o‘qitilgan, eng yaxshi jangchilari qatnashmoqda.

“Ular allaqachon Severodoneskka kirib bo‘lishgan, Lisichanskga kirishgan”, — dedi Qodirov.

Checheniston rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Ukraina qo‘shinlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.

“Ular vahimaga tushishdi. Shunday bo‘lishi kerak” - dedi Qodirov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!