Qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yubormoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs 5 yildan qamaldi

Qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yubormoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs 5 yildan qamaldi

Ohangaron shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs hamda Nurafshon shahrida istiqomt qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs xorijda yashovchi fuqaro bilan kelishgan holda qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yuborishni reja qiladi.

Buni amalga oshirishi uchun chet elda yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar qizni yollaydi.

Qizlar uchun aviachiptalar hamda tegishli viza hujjatlari rasmiylashtirilib, elektron shaklda yuboriladi. Ularga xorijdagi faoliyatlari bo‘yicha tushunchalar berilib, aeroportda foydalanishlari uchun qalbaki PSR test ma’lumotlari tayyorlanadi.

Toshkent xalqaro aeroportida DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda huquqbuzarlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Holat yuzasidan ikki nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Natijada, ular Jinoyat Kodeksining 25,135- va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!