Qizlarimiz boks bo‘yicha U 22 Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi!

Qizlarimiz boks bo‘yicha U 22 Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi!

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Bugun musobaqa doirasida qizlar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Ularning besh nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uch bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Bronza:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova

Ma’lumot uchun, qizlar terma jamoamiz musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!