"Qizil" yo‘lakdan yashirincha olib o‘tilayotgan qorako‘l terilari ushlanib qolindi

"Qizil" yo‘lakdan yashirincha olib o‘tilayotgan qorako‘l terilari ushlanib qolindi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Istanbul shahriga otlangan fuqaro M.R.ning qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati.

Ushbu shaxs garchi "qizil yo‘lak" orqali harakatlangan bo‘lsa-da, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 45 dona qorako‘l terilarini qo‘l yuklari orasiga yashirgancha mamlakatimizdan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga uringan ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!