Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari qamalishi mumkin

Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari qamalishi mumkin

Qirg‘izistonda Qumtor oltin koni bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida mamlakatning sobiq prezidentlari javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Jalolobod viloyatida jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Biz jinoyatlarga aloqador barchani javobgarlikka tortishimiz kerak. Biz o‘z vazifamizni bajaryapmiz. Bu o‘rinda bosh vazirlar, spikerlar, deputatlar, katta amaldorlar bor. Ehtimol, hatto ayrim sobiq prezidentlarni ham javobgarlikka tortarmiz, chunki ularning bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bor”, – dedi Tashiyev.

Shuningdek, u oxirgi yigirma besh yil davomida amaldorlar Qumtor masalasida “qo‘g‘irchoq” bo‘lib kelganini, bundan keyin bunga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.

Qirg‘izistonda mustaqillik yillarida besh marta prezident almashdi. Qumtor konida esa qazish ishlari 1996 yilda boshlangan. Shunday qilib, Sadir Japarovdan oldingi prezidentlarning bari gumondorga aylanishi mumkin. Hozirda sobiq prezidentlardan faqat ikki nafari – Sooronbay Jeenbekov va Roza Otunbayevaning daxlsizligi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!