Qirg‘izistonning qancha qarzi borligi ma’lum bo‘ldi
“Eldik” deputatlar guruhi va “Alyans” fraksiyasi yig‘ilishida Qirg‘iziston Moliya vaziri Almaz Baketayev davlat qarzi hajmini aytib o‘tdi. Bu haqda 24.kg yozdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, davlat qarzining umumiy miqdori 6,5 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 4,5 milliard dollarga yaqini tashqi qarz, qolgani esa ichki qarzdir.
Unga ko‘ra, Moliya vazirligi ichki kreditlarni yillik o‘rtacha 12-14 foiz, xorijiy kreditlarni esa 2 foiz bilan oladi. Vazir yuqori foizli ichki kreditlarga o‘tishni tashqi qarz xorijiy valyutada berilgani, lekin kurs o‘zgaruvchanligi va sezilarli darajada oshishi mumkinligi bilan izohladi.
“Valyuta kursi va foiz stavkasini birga oladigan bo‘lsak, tashqi qarzlar bo‘yicha ko‘proq to‘lov bo‘lib chiqishi mumkin. Biz qarzni to‘lash uchun valyuta sotib olamiz. Keyin chet elga jo‘natamiz, bu pul boshqa davlat iqtisodiyotiga ishlaydi. Va biz ichki kreditlarni olganimizda, biz o‘z sub’ektlarimizga to‘laymiz: banklar, ijtimoiy fond va boshqalar”, – deb tushuntirdi vazir.