Qirg‘izistonda isitish mavsumidagi avariyalar uchun amaldorlar ishdan bo‘shatiladi

Qirg‘izistonda isitish mavsumidagi avariyalar uchun amaldorlar ishdan bo‘shatiladi

Qirg‘iziston hukumati rahbari isitish mavsumidagi avariyalar uchun amaldorlar ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov yaqinlashib kelayotgan isitish mavsumida avariyalar ro‘y bersa, amaldorlarni zudlik bilan ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

"Qish kutilmaganda keldi, deganingizni eshitmay. Qish mavsumiga tayyorgarlik 100 foiz bo‘lishi kerak. Agar o‘tgan yilgi Mayluu-Sudagidek holat takrorlansa, ishdan bo‘shaysizki, idoragacha ham yetib bora olmaysiz", — dedi Japarov Vazirlar Mahkamasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida.

O‘tgan yilning yanvar oyida hukumat Jalolobod viloyatining Mayluu-Suu shahrida favqulodda holat joriy qilgan edi.

Havo sovuq bo‘lgani uchun u yerda suv quvurlari muzlab qolgan, shahar elektr stansiyasiga suv oqib kelmay qolgan, issiqlik ta’minoti to‘xtagan. Oqibatda ko‘p qavatli uylarda yashovchi 1800 dan ortiq aholi issiqliksiz qolgan.

Vazirlar Mahkamasi rahbari, shuningdek, aholi o‘rtasida elektr energiyasini tejash yuzasidan "tushuntirish ishlarini olib borish" bo‘yicha topshiriqlar berib, "har bir fuqaro" va "ayniqsa, davlat muassasalari" isitish mavsumiga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!