590 ming dollar tergov qo‘mitasi binosidan o‘g‘irlandi

Armaniston Tergov qo‘mitasining (SK) Iqtisodiy jinoyatlar va kontrabanda bo‘yicha tergov bosh boshqarmasi binosidan 590 ming dollar o‘g‘irlash ishi bo‘yicha ushbu boshqarma bo‘linmalaridan biri boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Gor Tadevosyan qo‘lga olindi.
Bu haqda Armaniston OAV xabar bermoqda.
Qo‘lga olingan shaxs sodir bo‘lgan voqeaga aloqasi yo‘qligini aytmoqda.
Boshqarma binosida SK tergovchilari ham, Davlat daromadlari qo‘mitasi xodimlari ham ishlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi jinoyatchi binoga tergovchining xizmat ruxsatnomasidan foydalanib kirgan. Qo‘riqchi shubhali hech narsani payqamadi. Bundan tashqari, jinoyatchi binoga yarim tunda kirib, tunni shu yerda o‘tkazgan. Aslini olganda, u binoda xotirjam o‘tirar, faqat ertalab - ish boshlanishidan sal oldin chiqib ketgandi.
Qayd etilishicha, ushbu summa ashyoviy dalil sifatida seyfda saqlangan. Pullar talon-toroj qilinishidan oldin boshqarmada tergovchining xizmat guvohnomasi yo‘qolgan. Ertasi kuni propusk topiladi. Bir necha kundan keyin seyfning kaliti yo‘qoladi va yana to‘satdan topiladi.
Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi SKdan kelib tushgan xabar asosida Armaniston Jinoyat kodeksining 446-moddasi 2-qismi va 254-moddasi 3-qismi (2 va 4-bandlari) alomatlari bo‘yicha - SK Bosh boshqarmasi ma’muriy binosidan juda ko‘p miqdorda pul mablag‘larini o‘g‘irlash fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.