Qirg‘iziston birinchi prezidenti Asqar Akayev mamlakatda yuz bergan “Lolalar inqilobi” ortida kim turganini aytdi

Qirg‘iziston birinchi prezidenti Asqar Akayev mamlakatda yuz bergan “Lolalar inqilobi” ortida kim turganini aytdi

Sobiq prezident Asqar Akayev 2005 yilda mamlakatda ro‘y bergan “Lolalar inqilobi”ni davlat to‘ntarishi deb atadi va buning ortida AQSh turganini aytdi.

“Bu haqda ochiq gapiryapman, chunki AQSh elchisi janob Yang, ayniqsa, Gruziya va Ukrainadagi inqiloblardan so‘ng, AQSh davlat to‘ntarishlari uyushtirganini ochiq aytdi”, — deydi Akayev Olma-otadagi universitetlardan birida qilgan chiqishida.

Shu bilan birga, sobiq prezident mamlakatni tark etish qarori xato bo‘lganini tan oldi.

“Savol shundaki, balki mamlakatni tark etib xato qilgandirman. Ko‘pchilik qolish kerak edi, deyishadi. Ammo o‘z ismimni qon to‘kish bilan bog‘lay olmaslikka qaror qildim. Mamlakatni tark etishni tanladim va bundan afsuslanmayman”, — deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!