Qibrayda ommaviy zaharlanish: rasmiy bayonot berildi

Qibrayda ommaviy zaharlanish: rasmiy bayonot berildi

2019 yil 01 dekabr kuni Qibray tumani tez tibbiy yordam xizmatidan Alisherobod MFY, Erta tong ko‘chasi, 16-uyda yashovchi fuqaro G‘.Berdiyevning oilasi is gazidan zaxarlanganligini haqida xabar kelib tushgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ma’lumotnomasiga ko‘ra, G‘.Berdiyevning 7 nafar oila a’zolarida “is gazidan o‘tkir zaharlanishning yengil darajasi” tashxisi va qonlaridan  9-14 foiz darajada is gazi miqdori aniqlanib, ularga toksikologiya bo‘limi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, fuqaro G‘.Berdiyevning qolgan 9 nafar oila a’zolarining qonidan 6-8 foiz darajada is gazi miqdori aniqlangan bo‘lsa-da, o‘tkir zaxarlanish tashxisi qo‘yilmagan. 

Barcha bemorlarga tegishli tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan va yashash manziliga ambulator davolanish uchun qaytarilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!