Qaysi sura o‘qilganda uyga shayton kirolmaydi?

A A A
Qaysi sura o‘qilganda uyga shayton kirolmaydi?

Baqara – Madinada nozil qilingan eng avvalgi suradir. Suraning boshidagi to‘rt oyat mo‘minlar haqida, undan keyingi ikki oyat kofirlar haqida va ulardan keyingi o‘n uch oyat munofiqlar haqida nozil bo‘lgan. Baqara surasi Qur’oni karimdagi eng uzun suradir. Eng uzun oyat ham aynan mazkur surada bo‘lib, u qarz haqidagi 282-oyatdir. Bu oyat to‘liq bir betni tashkil etadi. Baqara surasini doim o‘qib yurgan kishilarga Allohning izni bilan sehru jodu ta’sir qilmaydi.

Baqara surasi o‘qilgan uydan shayton qochadi. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Shayton Baqara (surasi) o‘qiladigan uydan qochadi", dedilar (Imom Muslim, Imom Termiziy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: "Kim kechasi Baqara surasidan o‘n oyat o‘qisa, shayton o‘sha kechada uning uyiga kirmaydi" (Imom Dorimiy, Imom Bayhaqiy rivoyati).

Shayton Baqara surasi o‘qilgan yerga kira olmasligini o‘zi tan olib aytgan. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Ramazon zakotini qo‘riqlashga vakil qildilar. Bir kuni kimdir kelib, yegulikdan hovuchlab ola boshladi. Men uni tutib oldim-da, "Allohga qasamki, seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib chiqaman", dedim. U: "Men muhtoj odamman, bola-chaqam bor. Nihoyatda muhtojman", dedi. Men uni qo‘yib yubordim.

Tong otdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ey Abu Hurayra, bu kecha asiring nima qildi?" dedilar. "Yo Allohning Rasuli, juda muhtojligi, bola-chaqasi borligidan shikoyat qilgan edi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim", dedim. U zot: "Bilib qo‘y, u seni aldabdi. Hali yana keladi", dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Hali yana keladi" degan so‘zlaridan uning qaytib kelishini bilib, uni poyladim. U kelib, yegulikdan hovuchlab ola boshlagan edi, uni yana tutib oldim. "Seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib chiqaman", dedim. U: "Meni qo‘yib yubor, men muhtojman, bola-chaqam bor. Endi qaytib kelmayman", dedi. Unga rahmim kelib, qo‘yib yubordim.

Tong otdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: "Ey Abu Hurayra, asiring nima qildi?" dedilar. Men: "Yo Allohning Rasuli, nihoyatda muhtojligi, bola-chaqasi borligidan shikoyat qilgan edi, yana rahmim kelib, qo‘yib yubordim", dedim. U zot: "Bilib qo‘y, u seni aldabdi. Hali yana keladi", dedilar. Uni uchinchi marta poyladim. Kelib, yana yegulikdan hovuchlab ola boshlagan edi, uni tutib oldim. "Endi seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga albatta olib chiqaman. Bu oxirgisi. Sen qaytib kelmayman deb, uchinchi marta qaytib kelyapsan", dedim. U: "Meni qo‘yib yubor, Alloh senga manfaat beradigan kalimalarni o‘rgataman", dedi. "Nima u?" dedim. U: "To‘shakka yotganingda Oyatul-Kursiyni – "Allohu laa ilaha illa huval-Hayyul-Qoyyum"ni oyatning oxirigacha o‘qigin. Shunday qilsang, Allohning dargohidan bir qo‘riqchi tong otguncha tepangda turadi va shayton senga hargiz yaqinlasha olmaydi", dedi. Uni qo‘yib yubordim.

Tong otdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: "Bu kecha asiring nima qildi?" dedilar. Men: "Yo Allohning Rasuli, Alloh senga manfaat beradigan kalimalarni o‘rgataman degan edi, qo‘yib yubordim", dedim. U zot: "Ular nima ekan?" dedilar. "U menga: "To‘shakka yotganingda Oyatul-Kursiyni – "Allohu laa ilaha illa huval-Hayyul-Qoyyum"ni oyatning oxirigacha o‘qigin. Shunday qilsang, Allohning dargohidan bir qo‘riqchi tong otguncha tepangda turadi va shayton senga hargiz yaqinlasha olmaydi", dedi", dedim.

Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Bilib qo‘y, o‘zi g‘irt yolg‘onchi bo‘lsa ham, senga rost aytibdi. Uch kechadan beri kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi, ey Abu Hurayra?" dedilar. "Yo‘q", dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: "U shayton edi", dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Baqara surasi o‘qilgan yerga farishtalar tushadilar. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu tunda "Baqara" surasini o‘qiyotgan edi. Bir payt yonginasida bog‘langan ot hurka boshladi. U qiroatdan to‘xtadi. Ot ham tinchlandi. Yana o‘qiy boshlasa, ot ham bezovtalanar edi. Qiroatni to‘xtatsa, yana jim bo‘lardi. O‘sha vaqtda o‘g‘illari Yahyo ot yonida edi. Ot bosib olmasin deb, qiroatni to‘xtatib uning oldiga bordilar. O‘g‘illarini otdan uzoqroqqa qo‘ygach, osmonga qarasalar, unda soyabonlarga o‘xshash, ostida nur taratib turgan narsalar bor ekan. Tong otgach, bo‘lgan voqeani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytib berdilar. U zot alayhissalom: “Huzayrning o‘g‘li, qiroatingni davom ettiravermadingmi?” dedilar.

Usayd roziyallohu anhu aytdilar: “Bolamni ot bosib qolishidan qo‘rqdim. U otning yaqinida edi. Otdan uzoqroqqa qo‘yib osmonga qarasam, u yerda soyabonga o‘xshash, ichida chirog‘i bor narsalar turgan ekan. Uyimdan chiqib qarasam, yo‘q bo‘lib qolibdi”.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ular nimaligini bilasanmi?” deb so‘radilar. Usayd roziyallohu anhu: “Yo‘q”, dedi. Rasululloh: “Ular ovozingni eshitish uchun pastga tushgan farishtalar edi. Agar tonggacha o‘qiganingda, odamlar ham ularni ko‘rgan bo‘lardi. Farishtalar ham ulardan qochmas edi”, deb aytdilar».

Baqara surasi Qiyomat kuni shafoatchi bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qur’onni o‘qinglar. Chunki u qiyomat kuni o‘z ahli uchun shafoatchi bo‘ladi. Ikki yorituvchi nur – Baqara va Oli Imron suralarini o‘qinglar. Zero, bu ikkisi qiyomat kuni ikki bulut yoki bir guruh saf-saf qushlar shaklida kelib, o‘z sohiblarining hojatini ravo qiladi. Baqara surasini o‘qinglar. Uni o‘qish baraka, tark etish esa hasratdir", deganlar (Imom Muslim, Imom Dorimiy, Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: "Kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o‘qisa, kifoya qiladi", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Hadisda kelgan “Kifoya qiladi”dan quyidagi ma’nolar kelib chiqadi:

  1. Barcha yomonliklardan saqlanishga kifoya qiladi.
  2. Shaytonning yomonligidan saqlanishga kifoya qiladi.
  3. Savob olishga kifoya qiladi.
  4. Kechasini Qur’on qiroati ila bedor o‘tkazishdan kifoya qiladi.
  5. Insu jinning yomonligidan kifoya qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qur’on oyatlarining sayyidi Oyatul kursiydir", deganlar (Imom Hokim rivoyati).

Zubayd Abdurahmon ibn Asvaddan rivoyat qiladi: "Kim Baqara surasini o‘qisa, buning evaziga unga jannatda toj kiydiriladi" (Imom Dorimiy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Ukrainaning yangi «syurprizi» haqida

Украина фронтда Россия армияси учун технологик «сюрприз» тайёрламоқда, муваффақиятли музокаралар эса фақатгина Украина Қуролли Кучларининг кучли позицияси шароитидагина мумкин бўлади.

«Manchester Siti»ga yangi yulduz keladi

«Челси» ярим ҳимоячиси Энцо Фернандес АПЛнинг бир клубини бошқасига алмаштириши мумкин.

Tehron Oq uyning rejalari chippakka chiqqanini ma’lum qildi

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Эсмоил Бағаи SNNTV эфирида маълум қилди.

Sobiq hokim ustidan sud boshlanadi

Эслатиб ўтамиз, у 2025 йил 2 сентябр куни гумонланиб ҳибсга олинган.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.

Isroil: Eron rahbariyatiga qarshi harakatlar uchun tayyorgarlik bor

Исроилнинг Исроил Кац баёнотига кўра, агар АҚШ томонидан рухсат берилса, Исроил Эрон раҳбариятига қарши кескин чоралар кўришга тайёр.

Fransiya va Polsha harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Франция ва Польша Болтиқ денгизи ҳудудида қўшма ҳарбий машқлар ўтказиш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.