Qaysi davlatlarning fuqaroligini deyarli olib bo‘lmaydi?

Qaysi davlatlarning fuqaroligini deyarli olib bo‘lmaydi?

Fuqaroligini olish deyarli mumkin bo‘lmagan mamlakatlarni bilasizmi?

Vatikan
Mahalliy kardinal, Muqaddas Taxt diplomati, Vatikan rasmiysi yoki katolik cherkovi xodimigina vatikanlik bo‘lishi mumkin.

Lixtenshteyn 
30 yil davomida ushbu mamlakatda muqim yashagan bo‘lishi lozim. Mahalliy fuqaro bilan turmush qurganda kutish muddati 5 yilga qisqaradi.

Qatar
Mamlakatda kamida 25 yil yashab, uni 2 oydan ortiq tark etmasdan yashashi kerak.

Birlashgan Arab Amirliklari
Fuqarolikka murojaat qilish imkoniyatini olish uchun Amirlikda kamida 30 yil yashagan bo‘lish zarur.

Quvayt
20 yil davomida ushbu mamlakatda muqim yashagan, musulmon yoki  musulmonchilikni qabul qilib olgan bo‘lishi,  arab tilida ravon so‘zlay olishi kerak.

Shveysariya
Chet el fuqarosi mamlakatda 10 yil yashagandan keyingina shveysariyalik bo‘lishga urinishi mumkin.

Xitoy
Ushbu mamlakat fuqaroligiga da’vogar bo‘lgan kishi unda uzoq vaqt yashashi kerak, muddati esa aniq emas.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!