Qay biri kuchli: Rossiya “mafiyasi”mi yoki AQSh “mafiyasi”?

Qay biri kuchli: Rossiya “mafiyasi”mi yoki AQSh “mafiyasi”?

Ba’zi davlatlarda mafiya katta kuchga ega bo‘lib, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Masalan, “Yakudza”, “Koza Nostra” kabi...  Ammo ulardan qay biri kuchli? “Odam.uz” sayti shu haqda ma’lum qildi.

Rus mafiyasi

Rasman bu eng dahshatli jinoiy to‘da. FQB agentlari rus mafiyasini “Er yuzidagi eng xavfli odamlar”, deb atashadi. Rus mafiyasi deganda Rossiya hamda Sobiq Ittifoq hududidagi jinoiy tashkilotlar tushuniladi. Rus mafiozlari, asosan, xarbiy taktikani qo‘llaydilar va buyurtma qotilliklar bilan shug‘ullanadilar.

“Jahannam farishtalari” (AQSh)

Dunyoning turli burchaklarida filiallari bo‘lgan dunyodagi eng yirik motoklublardan biri. Bu to‘da a’zolarini giyohvand moddalar savdosi, qotillik va boshqa jinoyatlarda ayblashadi.

Aytishlaricha, Ikkinchi jahon urushi yillarida Amerika Harbiy Havo Kuchlari tarkibida bombardirovkachilarning 303-eskadrilyasi bo‘lgan. Urushdan keyin bo‘linma tarqatilgan va uchuvchilar ishsiz qolib ketganlar.

Ular vatan ularni unutib, taqdir ixtiyorlariga tashlab qo‘ygan, degan xulosaga kelganlar. Shuning uchun “zolim davlatga qarshi borib, bu yo‘lda motoklublarda jipslashib, o‘z noroziliklarini bildiradilar”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!