Qatar — dunyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi

Qatar — dunyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi

G‘arb OAVlari Qatar ketma-ket beshinchi marta Global Tinchlik Indeksi bo‘yicha 2023 yil uchun dunyoning eng xavfsiz davlatlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Statistikasi 142 ta davlat va hududni o‘z ichiga olgan Numbeo ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, mamlakat joriy yil uchun xavfsiz mamlakatlar indeksida 85 foizdan ko‘proq ball to‘pladi. Kuchli o‘ntalikka, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Man oroli va Ummon sultonligi kirdi, keyingi o‘rinlarda Gonkong, Armaniston, Yaponiya, Shveysariya va Bahrayn joy olgan.

Avstraliyadagi Iqtisodiyot va tinchlik institutining iyun oyida chop etilgan hisobotiga ko‘ra, Qatar boshqa reytinglarda ham birinchi o‘rinni egalladi: arab dunyosida 1-o‘rin va 2022 yilgi eng xavfsiz va ijtimoiy jihatdan eng tinch mamlakatlar indeksida 163 mamlakat ichida 23-o‘rin.

Ushbu ko‘rsatkichlarning har biri 1 dan 5 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha o‘lchanadi va bu shkala asosida har bir davlat yoki hududga ma’lum miqdordagi ball beriladi. Shunga ko‘ra, mamlakat qanchalik kam ball olsa, shunchalik xavfsizroq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Global tinchlik indeksi Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan mamlakatlar va mintaqalarning nisbiy tinchlik holatini o‘lchaydigan hisobotdir. Reyting dunyo aholisining 99,7 foizi istiqomat qiluvchi 163 ta davlatni qamrab olgan bo‘lib, ishonchli manbalardan olingan 23 ta sifat va miqdor ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. U dunyoning holatini uchta usulda o‘lchaydi: xavfsizlik va jamoat xavfsizligi darajasi, mahalliy va xalqaro nizolar darajasi va harbiylashuv darajasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!