Qashqadaryoda «Yoshlar turizmi» qurultoyi bo‘lib o‘tadi

Qashqadaryoda «Yoshlar turizmi» qurultoyi bo‘lib o‘tadi

Turizm va madaniy meros vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan 8–12 avgust kunlari «Yoshlar turizmi» qurultoyi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Kasaba uyushmalari federasiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi axborot xizmati

Ushbu tadbir Prezidentning «Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.

Qurultoyda 800 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Xususan, MDH davlatlaridan (Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) yoshlar Shahrisabz tumaniga tashrif buyuradi.

Shuningdek, Abbos Sulaymonov, Husnora Shodiyeva, Ruxsora Mirjalilova, Elyor Meliboyev, Hojiakbar Ro‘zmetov kabi yoshlar orasida mashhur bo‘lgan bloger va xonandalar ham ishtirok etadi.

«Lochin» oromgohida boshlanadigan tadbirdan kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o‘rin olgan. Shuningdek, yoshlar taniqli teatr va kino ijodkorlari bilan ijodiy muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, qurultoy doirasida ishtirokchilar uchun turizm ob’ektlariga sayohatlar uyushtirilishi rejalashtirilgan. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun infotur ham tashkil qilinadi. Tadbir mahalliy va xorijiy OAV orqali yoritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!