Qashqadaryoda mast fuqaro YPX xodimiga nisbatan kuch ishlatdi

Qashqadaryoda mast fuqaro YPX xodimiga nisbatan kuch ishlatdi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida mast fuqaro YPX xodimini onasidan xaqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatgan. Bu haqda «Nasafnews» Telegram kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 21 sentyabr kuni soat 15:40 larda Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 4R Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining 66-kilometrida fuqaro va YPX inspektori o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan.

Chiroqchi tumani IIB YPX inspektori serjant A.Rahmatov tomonidan tekshirish uchun to‘xtatilgan Nexia avtomobili yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro SH.M. mast holda xodimning qonuniy harakatlariga xalal berib, uni haqorat qilgan va unga nisbatan kuch ishlatgan.

Xodim jamoat tartibi buzilishining oldini olish uchun rasiya orqali yordamchi naryad chaqirtirganida SH.M. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzar prosessual tartibda qamoqqa olingan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!