Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi “Xalqaro toifadagi o‘qituvchi” maqomini qo‘lga kiritdi

Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi “Xalqaro toifadagi o‘qituvchi” maqomini qo‘lga kiritdi

Dehqonoboddagi maktab o‘qituvchisi MDHning “Eng yosh olim-2021” “Yilning eng yaxshi pedagogi-2021” tanlovlari g‘olibi bo‘lib, “Xalqaro toifadagi o‘qituvchi” maqomini qo‘lga kiritdi

Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Dehqonobod tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 69-IDUMning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 1-toifali o‘qituvchi Dilnoza Madrahimova Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH miqyosida o‘tkazilgan “Yil pedagogi-2021” hamda “Eng yosh olim-2021” xalqaro ilmiy-amaliy onlayn maqolalar ko‘rik tanlovida “Ta’limga oid innovatsion yondashuvlar” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maqolalalari bilan ishtirok etib ikkita yo‘nalish bo‘yicha 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritib ko‘krak nishon, diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ilmiy maqolalalari jurnalda chop etilib, “Xalqaro toifadagi o‘qituvchi” maqomini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!