Qashqadaryoda kuyovjo‘ra o‘ldirildi. Qotilga hukm o‘qildi

Qashqadaryoda kuyovjo‘ra o‘ldirildi. Qotilga hukm o‘qildi

2022 yilning 24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi mahallalardan biridagi to‘yda sodir bo‘lgan janjal oqibatida kuyov jo‘ralardan biri pichoqlanadi. Jabrlanuvchi o‘shanda ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Bu haqda "Darakchi" yozmoqda.

O‘sha kungi mudhish hodisadan so‘ng viloyat IIBning bergan xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan sud majlisida 2 kishiga hukm o‘qildi.

"Surxondaryodan Qashqadaryoga to‘yga kelgandik. Kechqurun shu to‘yda tort kesish vaqtida janjal kelib chiqdi. Marhum J. A’zamov o‘sha yerda pichoqlangan", - deydi sudlanuvchilardan biri.

Sud hujjatlariga ko‘ra, o‘sha kuni to‘yga kelgan surxondaryolik mehmonlardan biri kuyovning do‘stlari bilan tortishib qoladi. Bunga sabab tort kesish marosimida boshqa bir kuyovjo‘ra o‘sha yerdagi ayollardan biriga turtilib ketgani va keyin uni haqorat qilgani bo‘ladi.

Qo‘shni viloyatlik mehmon esa shu yigitning tanobini tortib qo‘ymoqchi bo‘lganida janjal kattalashib ketadi.

Janjal oqibatida mehmon yigit ularni ajratmoqchi bo‘lgan boshqa bir yigitga pichoq sanchadi.

Sudlanuvchi X.H. ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 59-moddasiga asosan 18 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Shu to‘yda ishtirok etib, bezorilik qilgan va jinoyat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan A.H.ga esa 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!