Qashqadaryoda bog‘cha hojatxonasidagi fojia tufayli 8 yoshli bolakay vafot etdi

Qashqadaryoda bog‘cha hojatxonasidagi fojia tufayli 8 yoshli bolakay vafot etdi

Qashqadaryoda bog‘cha tarbiyachisining xatosi bir bolakayning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi "Aniq.uz"ga xabar berdi.

2022 yil 28 iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida qatnamaydigan 2014 yilda tug‘ilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga ko‘ra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.

Tushlik paytida opa-singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshigini ochib-yopib o‘ynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam ko‘rsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotish natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi o‘rganish olib bormoqda.

Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!