Qashqadaryoda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Qashqadaryoda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.

  1. Hodisa 2023 yil 23 yanvar kuni Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
  2. Ma’lum qilinishicha, Qamashi qishlog‘ida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan tabiiy gaz yonishi natijasida hosil bo‘lgan is gazi dudburon orqali xona ichiga sizib chiqqan.

Oqibatda xonada uxlab yotgan 1992 yilda tug‘ilgan oila boshlig‘i D.L., uning 1995 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i D.Q., 2018 va 2020 yilda tug‘ilgan ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hodisa yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!