Qashqadaryoda 37 yoshli erkakni pichoqlashdi. Uning ahvoli og‘ir

Qashqadaryoda 37 yoshli erkakni pichoqlashdi. Uning ahvoli og‘ir

Qashqadaryo. 2020 yilning 17 sentyabr kuni soat 03:00 da Koson tumani “Gulobod” hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponi ro‘parasida 37 yoshli SH.X. va 38 yoshli A.N., lar birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘zaro janjallashib qolib, A.N., janjal vaqtida SH.X., ga qasddan og‘ir tan jarohat yetkazish maqsadida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘ini uning o‘ng va chap ko‘krak sohasiga qasddan sanchib olib, hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati yetkazgan.

Natijada SH.X., tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, A.N., ga nisbatan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!