Qashqadaryo viloyatida chang g‘ubori kuzatildi

Qashqadaryo viloyatida chang g‘ubori kuzatildi

Bugun Qashqadaryo viloyatining deyarli barcha tumanlarida chang g‘ubori kuzatildi. Qarshi shahri ham chang g‘ubori ichida qoldi. Quyuq tuman ko‘rinishini olgan mazkur hodisa ba’zi joylarda transport vositalarining harakatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Bu hodisa yuzasidan O‘zA soha mutaxassislarining fikri bilan qiziqdi.

– Viloyatning Nishon tumanida kechki payt soat 12:00 lar atrofida chang g‘ubori boshlandi, – deydi viloyat Gidrometerologiya markazi bosh mutaxassisi Abduqahhor Tojiyev. – Bugun erta tongdan Qarshi shahriga ham chang g‘ubori kirib keldi. Bu hodisa viloyatning boshqa hududlarida ham kuzatilmay qolmadi. Xususan, G‘uzor, Qamashi, Shahrisabz, Dehqonobod tumanlarida ham kuzatildi. Bu chang g‘uborining asosiy sababi noyabr oyining birinchi o‘n kunligida yog‘ingarchilik miqdori me’yoridan kam bo‘ldi. Natijada yerdagi tuproq zarrachalari quruqlashib havoga ko‘tarildi. Kuchli shamol natijasida chang g‘ubori butun viloyat bo‘ylab tarqaldi. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Muborak tumanida kuzatildi. U yerda shamolning maksimal tezligi sekundiga 15 metr-sekund bo‘ldi. Shamol asosan G‘arb tomondan qo‘shni Turkmaniston orqali. kirib keldi. Bugun prognoz bo‘yicha viloyatning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu kabi tabiat hodisasi yog‘ingarchilik miqdori past bo‘lsa, keyingi haftada ham kuzatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!