Qarzdorlikni yo‘q qilib berish qanchaga tushdi?

Qarzdorlikni yo‘q qilib berish qanchaga tushdi?

Majburiy ijro byurosining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqaro To‘lqin Meliyevning arizasi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro J. Qodirov“Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasida hech qanday vazifada ishlamaydi. Lekin xonadonida foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorlikni aniqlash va elektr hisoblagichni almashtirish maqsadida, T. Meliyevga o‘zini korxona xodimi sifatida tanishtirdi.

Uni aldab, ishonchiga kirib, T. Meliyevning xonadoniga yangi elektr hisoblagich o‘rnatishga ruxsat berish va 1 mln. 360 ming so‘mlik qarzdorligini yo‘q qilib berishni va’da qildi. Evaziga 800 ming so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritdi.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida J. Qodirovning olgan 800 ming so‘m pullarni ixtiyoriy ravishda qaytarib berayotganida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi

Mazkur holat yuzasidan J. Qodirov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!