Qarshidagi bozorda do‘kon yonib ketdi

Qarshidagi bozorda do‘kon yonib ketdi

Bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Erqo‘rg‘on” bozori hududida joylashgan ikki qavatli do‘konning 2 qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘rab olingan va saot 12:00 da o‘chirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo‘ljallangan transport vositasi jalb etilgan.

Dastalki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do‘konning 210 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!