Qarag‘andada suv toshqini yuz berdi

Qarag‘andada suv toshqini yuz berdi

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahari ko‘chalari yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli suv ostida qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarag‘andaning kanalizasiyasi suv oqimiga bardosh bera olmayotganini ko‘rsatadigan ko‘plab videolar tarqalmoqda. Tabiiy ofat oqibatida shahar markazidagi ko‘chalar, avtomobillar va jamoat transporti suv ostida qolgan. Fuqarolar ko‘chalarda tizza bo‘yi suv kechishga majbur bo‘lmoqda.

Qarag‘andada joriy yilning avgust oyida ham kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shahar ko‘chalari suv ostida qolgan edi, deb xabar beradi tengrinews.kz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!