Qanday qilib uydan turib yillik stavkasi 25% bo‘lgan depozit ochish mumkin?

Qanday qilib uydan turib yillik stavkasi 25% bo‘lgan depozit ochish mumkin?

TBC Bank mijozlariga bir necha daqiqa ichida foydali shartlar bilan depozit ochishni taklif qiladi.

Pullarni qadrsizlanishdan qanday asrab qolsa bo‘ladi? Buning eng sinalgan usuli – depozit ochib, pulni bankda saqlash. Agar bank yaxshi stavka taklif qilsa, mablag‘ni nafaqat inflyasiyadan saqlab qolish, balki ko‘paytirib olish ham mumkin. TBC Depozit – bu yiliga 25 foiz foyda keltiradigan ishonchli omonat.

Sizni bankka borish, uzundan-uzoq navbatlarda turish va qog‘ozbozlikdan ozod qilamiz. Depozitni uyingizdan turib, TBC Uz ilovasida bir-ikki daqiqada ochib olasiz.

O‘zingizga ma’qulini tanlang

TBC sizga ikki xil depozit taklif qiladi – Muddatli TBC Depozit va Talab qilib olinguncha TBC Depozit. Bu ikki depozitning bir-biridan farqi nimada?

Saqlash muddati. Talab qilib olinguncha depozitni istalgan muddatga, masalan, 5 kunga yoki 5 yilga saqlash mumkin. Muddatli depozit yesa ma’lum vaqt davomida (18 oy va 24 oy) saqlanadi, pulingizni muddatidan oldin hisobingizdan yechib olomaysiz.

Foizlar. Muddatli depozitning foiz stavkasi yuqoriroq, ammo siz mablag‘ingizni belgilangan muddatdan avval qaytarib ololmaysiz. Talab qilib olinguncha depozitda foizlar yuqori yemas, biroq istalgan payt hisobni to‘ldirish yoki pul yechish imkoni bor.

Dastlabki badal va hisobni to‘ldirish. Talab qilib olinguncha depozit ochish uchun minimal summa kiritish talab etilmaydi, Muddatli onlayn-depozitni esa kamida 100 000 so‘mga ochish mumkin.

Muddatidan oldin yopish va yechib olish. Agar siz Muddatli depozitni belgilangan vaqtidan avval yopmoqchi bo‘lsangiz, depozit bo‘yicha foizlaringizni ololmaysiz, yoki ularni pasaytirilgan stavka (15%) bo‘yicha olasiz. Talab qilib olinguncha depozit shartlari aksincha – depozit muddatidan oldin yopilsa ham, foizlar to‘liq hisoblanadi.

Xavfsiz depozit

TBC bilan sizning pullaringiz xavfsiz saqlanadi, chunki bank depozitlari fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan sug‘urtalangan. Bu degani, sizning mablag‘laringiz har qanday holatda foizlari bilan qaytariladi.

TBC Uz ilovasida hoziroq onlayn-depozit oching va pullaringizni har yili 25 foizga ko‘paytirib boring.

Batafsil ma'lumot tbcbank.uz saytida yoki 1150 raqami orqali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!