Qanday bemorlarga ramazon ro‘zasini tutish tavsiya etilmaydi?

Qanday bemorlarga ramazon ro‘zasini tutish tavsiya etilmaydi?

Ramazon ro‘zasining inson salomatligi uchun foydasi bisyor. Biroq ayrim surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarga mutaxassislar ro‘za tutmaslikni tavsiya qiladi.

— Bu borada bir necha talablar mavjud. Xususan, ayrim xasta insonlar o‘z salomatliklarini yanada og‘irlashtirmasliklari uchun ro‘za tutmasligi lozim, — deydi oliy toifali shifokor Ra’no Nosirova.

— Ya’ni davolash imkoni yo‘q, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishini talab qiluvchi va jarrohlikdan keyingi davrda ushbu amalni bajarish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, qat’iy taomlanishi shart bo‘lgan kishilar ham ro‘za tutmaydi.

Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak bo‘ladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining og‘ir ko‘rinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish durust emas.

Qolaversa, og‘riq bilan kechadigan va og‘riq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham ro‘za tutish tavsiya etilmaydi.

Agar bunday bemorlar ushbu ibodatni ado etish istagida bo‘lsa, eng avvalo, shifokor bilan maslahatlashishi va uning ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!