Gruziya prezidenti lavozimiga tayinlangan Mixail Kavelashvili 28 ta qonunni imzoladi
Gruziya prezidenti lavozimiga tayinlangan Mixail Kavelashvili inaugurasiya kuni parlament tomonidan so‘nggi bir oy ichida qabul qilingan 28 ta qonunni imzoladi.
Ular orasida norozilik namoyishlari vaqtida pirotexnika va niqoblardan foydalanishni taqiqlovchi qonun hamda Ichki ishlar vazirligida ishlashni osonlashtiruvchi polisiya to‘g‘risidagi qonun bor.
Bundan tashqari, Mixail Kavelashvili sobiq prezident Salome Zurabishvilini davlat himoyasidan foydalanish huquqidan mahrum qiluvchi o‘zgartirishlarni hamda davlat xizmatiga oid qonunga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi. Huquq himoyachilarining fikricha, ushbu tuzatishlar siyosiy sabablarga ko‘ra odamlarni ishdan bo‘shatishga imkon beradi.
“Ozodlik radiosi” ma’lumotiga ko‘ra, ba’zi qonunlar bugun kuchga kiradi. Huquq himoyachilari ushbu qonunlarni "repressiv, jazolovchi, cheklovchi va demokratiyaga zid" deb baholashmoqda.
14 dekabr kuni hukmron partiya “Gruziya orzusi” mamlakat prezidenti lavozimiga sobiq futbolchi Mixail Kavelashvilini tanlagan edi. Kecha Tbilisida norozilik namoyishlari uning inaugurasiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gruziya aholisi bir oydan ortiq vaqtdan beri parlament saylovlarini o‘tkazishni va Yevrointegrasiya yo‘liga qaytishni talab qilib, har kuni norozilik namoyishlariga chiqmoqda. Amaldagi hokimiyat institutlari, jumladan, parlament va prezidentning legitimligini na muxolifat, na Salome Zurabishvili tan olmoqyapti.