"Qamchiq" dovoni kuchli yog‘ingarchilik tufayli vaqtincha yopildi

"Qamchiq" dovoni kuchli yog‘ingarchilik tufayli vaqtincha yopildi

Ayni vaqtda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan 206 kilometrida sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida "Qamchiq" dovoni vaqtincha yopildi.

Hozirda FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qisqa muddatlarda dovondagi harakat qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!