"Qamchiq"da yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi

"Qamchiq"da yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi kyuvetga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 17 yanvar kuni soat 16:55 da «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 195-kilometrida «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi kyuvetga ag‘darilib ketgan.

Voqea joyiga 2-mexanizasiyalashgan nazorat-tergov guruhining 4 nafar qutqaruvchisi va «Chinor» posti xodimlari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.

Haydovchi va bir yo‘lovchi salonda bo‘lgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!