Qabristonda yoki o‘tganlarga atab tilovat qilish mumkin emasmi?

A A A
Qabristonda yoki o‘tganlarga atab tilovat qilish mumkin emasmi?

Barcha musulmonlar ommasi o‘tganlarga atab, jumladan, qabristonda Qur’on tilovat qilishga odatlanganlar. Turli mazhablarning ulamolari bu ishga o‘z fatvolarini berganlar. Ammo ba’zi kishilar bu ishga ham xilof qilishgan. Ular “Dastlabki paytda bu ish bo‘lmagan” degan gap bilan odamlarni o‘tganlarga atab Qur’on tilovat qilishdan qaytaradilar. Ha, boshqalarni qaytaradilar. O‘zlari bu ishni qilmaslik bilan kifoyalanmaydilar, aynan boshqalarni ham qaytaradilar. Ularning bu borada avval aytib o‘tilgan gapdan boshqa dalillari yo‘q. Ammo “Dastlabki paytda bu ishning ommaviy ravishda bo‘lmaganining o‘zi uni qilmaslikka dalil bo‘la oladimi?” degan gap ularning xayollariga ham kelmaydi.

Muhtaram o‘quvchilarimizga o‘zimizga bu masalada kelgan ko‘plab savollarga berilgan javoblardan birini namuna tariqasida taqdim etamiz.

Savol: Assalomu alaykum, Shayx hazratlari!

Qabristonda Qur’on tilovat qilish haqida ma’lumot bersangiz.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Imom Jaloluddin Suyutiy o‘zlarining “Sharhus-suduri bi sharhi holil mavta val quburi” nomli kitoblarining “Dafn paytida aytiladigan narsalar bobi”da jumladan, quyidagilarni keltiradilar:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: “إِذَا مَاتَ أَحَدُكُمْ فَلَا تَحْبِسُوهُ، وَأَسْرِعُوا بِهِ إِلَى قَبْرِهِ، وَلْيُقْرَأْ عِنْدَ رَأْسِهِ فَاتِحَةُ الْكِتَابِ، وَعِنْدَ رِجْلَيْهِ بِخَاتِمَةِ الْبَقَرَةِ فِي قَبْرِهِ”. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Agar sizlardan biror kishi vafot etsa, uni ushlab turmanglar. Qabriga tez olib boringlar. Bosh tomonida Fotiha o‘qilsin. Qabrning oyoq tomonida Baqara surasining oxiri o‘qilsin”, deganlarini eshitdim”.

Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْعَلَاءِ بْنِ اللَّجْلَاجِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ لِبَنِيهِ: إِذَا أَدْخَلْتُمُونِي قَبْرِي، فَضَعُونِي فِي اللَّحْدِ، وَقُولُوا: بِاسْمِ اللهِ، وَعَلَى سُنَّةِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَسَنُّوا عَلَيَّ التُّرَابَ سِنًّا، وَاقْرَؤُوا عِنْدَ رَأْسِي أَوَّلَ الْبَقَرَةِ وَخَاتِمَتَهَا، فَإِنِّي رَأَيْتُ ابْنُ عُمَرَ يَسْتَحِبُّ ذَلِكَ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ.

Abdurrahmon ibn Alo ibn Lajlajdan rivoyat qilinadi. U o‘g‘illariga:

“Qachon meni qabrimga qo‘ysangiz, “Bismillahi va ala sunnati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”, denglar. So‘ngra ustimga tuproq tortinglar. Keyin bosh tarafimda Baqaraning avvali va oxirini qiroat qilinglar. Chunki men Ibn Umarning shuni mustahab sanaganini ko‘rganman”, dedi”.

Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Yana o‘sha kitobning “Mayyitga yoki qabrga Qur’on qiroat qilish bobi”da imom Jaloluddin Suyutiy rahmatullohi alayhi quyidagilarni yozadi:

“Musulmonlar barcha asrlarda hech qanday inkorsiz jamlanib, o‘liklariga qiroat qilib kelmoqdalar. Shunday ekan, bu narsa ijmo’ bo‘ladi. Bularning hammasini Hofiz Shamsuddin Abdul Vohid Maqdisiy Hanbaliy shu masala bo‘yicha ta’lif qilgan juzida zikr qilgan.

Qabr tepasida qiroat qilishga kelsak, bizning ashoblarimiz va boshqalar uning shariatda borligiga jazm qilganlar.

Za’faroniy aytadi: “Shofe’iy rohimahullohdan qabr oldida qiroat qilish haqida so‘radim. “Hechqisi yo‘q”, dedi.

Imom Ahmad ibn Hanbal avval buni inkor qilar edi, chunki unga biror rivoyat yetmagan edi. Unga rivoyat yetganda, o‘z fikridan qaytgan”.

Imom Jaloluddin Suyutiyning “Sharhus-suduri bi sharhi holil mavta val quburi” nomli kitobida zikr qilingan, qabr ustida qiroat qilishga hujjat bo‘lgan rivoyatning imom Ahmad ibn Hanbalga qanday yetganini shayx Abdulfattoh Abu G‘udda rahmatullohi alayhning “Salasu rasoila fiy istihbobi duoi va raf’ul yadayni fiyhi ba’das-salavotil maktuba” nomli kitobiga yozgan muqaddimasida o‘qiymiz:

“Ibn Qayyum “Kitobur-ruh”ning avvalida zikr qiladi: “Xallol aytdi:

“Hasan ibn Ahmad Varroqdan, u Ali ibn Muso Haddoddan rivoyat qiladi:

“Ahmad ibn Hanbal va Muhammad ibn Qudoma Javhariy bilan birga janozada edim. Mayyit dafn etilgach, ko‘zi ojiz bir kishi qabr oldida o‘tirib, tilovat qila boshladi. Shunda Ahmad ibn Hanbal unga:

 “Ey sen! Qabrning yonida qiroat qilish bid’atdir!” dedi.

Qabristondan chiqqach, Muhammad ibn Qudoma Ahmad ibn Hanbalga:

“Ey Abu Abdulloh! Mubashshir Halabiy haqida nima deysan?” dedi.

“Ishonchli odam” dedi.

“Undan biror narsa yozganmisan?” dedi.

“Ha”, dedi.

“Mubashshir menga Abdurrahmon ibn Alo Lajlajdan, u otasidan xabar berdi. O‘sha odam dafn qilinganidan so‘ng bosh tarafida Baqaraning avvali va oxirini o‘qishni vasiyat qilgan va “Ibn Umarning shunday vasiyat qilganlarini eshitganman”, degan ekan”, dedi.

Shunda Ahmad:

“Qaytib borib, haligi odamga ayt, tilovat qilaversin”, dedi”.

Imom Ahmadni Alloh rahm qilsin. U bilan haqning orasida adovat yo‘q edi” (7-8-betlar).

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: ضَرَبَ بَعْضُ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خِبَاءَهُ عَلَى قَبْرٍ، وَهُوَ لَا يَحْسِبُ أَنَّهُ قَبْرٌ، فَإِذَا فِيهِ إِنْسَانٌ، يَقْرَأُ سُورَةَ ﮋﭑ ﭒ ﭓﭔﮊ حَتَّى خَتَمَهَا، فَأَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنِّي ضَرَبْتُ خِبَائِي عَلَى قَبْرٍ، وَأَنَا لَا أَحْسِبُ أَنَّهُ قَبْرٌ، فَإِذَا فِيهِ إِنْسَانٌ يَقْرَأُ “سُورَةَ تَبَارَكَ الْمُلْكِ” حَتَّى خَتَمَهَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “هِيَ الْمَانِعَةُ، هِيَ الْمُنْجِيَةُ، تُنْجِيهِ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ”. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالطَّبَرَانِيُّ.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ba’zi ashoblari qabr ustiga kapa tikib oldi. U yerning qabr ekanini bilmasdi. U yerda bir inson “Tabaarokallazii biyadihil mulku” surasini oxirigacha qiroat qilibdi. U Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: “Ey Allohning Rasuli! Men qabr ustiga kapa tikib oldim. U yerning qabr ekanini bilmasdim. U yerda bir inson “Taborak mulk” surasini oxirigacha qiroat qildi”, dedi.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:

“U (“Taborak” surasi) man qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi”, dedilar”.

Termiziy va Tabaroniy rivoyat qilishgan.

O‘likning qabr ichida turib Qur’on qiroat qilgani sobit bo‘lganidan keyin, tiriklarning qabr ustida turib qiroat qilishlarini nima uchun man qilish kerak?!

Shuning uchun bizda dafndan keyin Taborak surasini qiroat qilish odat bo‘lgan.

Boshqalarda, masalan, Libiyada Yosin surasini qiroat qilish odat bo‘lgan.

Ahli sunna val jamoa mazhabi bo‘yicha, ruh, ya’ni bayonga, nutq qilishga va xitobni fahmlashga qodir bo‘lgan jon jasadning o‘limi bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi. U mavjud holda bo‘ladi. O‘lganlarning ruhlari to‘planadi. Azob va savob ham ruhga, ham badanga bo‘ladi. Ruh badandan ajraganidan keyin ham uning ne’matlanishi yoki azoblanishi davom etadi.

Mayyit o‘zining tirik yaqinlarining holini bilib turadi. Ularning yaxshi ishlaridan xursand, yomon ishlaridan xafa bo‘ladi.

Mayyit o‘zini ziyorat qilganlarni biladi va ular ma’ruf ish qilsalar, foyda oladi, munkar ish qilsalar, ozorlanadi.

Hanafiy mazhabi bo‘yicha, qabrlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga mandubdir. Boshqa mazhablar, ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emas, deganlar.

Qabr ziyorati juma, shanba, dushanba va payshanba kunlari bo‘lgani yaxshi. Ziyorat va duo tik turgan holda bo‘lgani afzal.

Ziyoratchi Yosin surasini qiroat qilishi mandubdir. Buni “Al Bahrur-roiq” kitobining sohibi va Zayla’iy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Unda Rasululloh alayhissalom:

 “مَنْ دَخَلَ الْمَقَابِرَ، فَقَرَأَ سُورَةَ ﮋﭬﮊ خُفِّفَ عَنْهُمْ يَوْمَئِذٍ، وَكَانَ لَهُ بِعَدَدِ مَنْ فِيهَا حَسَنَاتٍ”.

“Kim qabristonga kirganda Yosin surasini qiroat qilsa, Alloh o‘sha kuni ularga yengillik beradi va unga o‘sha yerdagi narsalar adadicha hasanotlar bo‘ladi”, deganlar.

Imom Ahmad, Ibn Moja, Abu Dovud va Hokim Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:

عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “اقْرَءُوا ﮋﭬﮊ عَلَى مَوْتَاكُمْ”.

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “O‘liklaringizga Yosinni qiroat qiling”,deganlar.

Shuningdek, Fotiha surasi, Baqara surasining avvalidan “muflihun”gacha, Oyatul-Kursiyni, “Amanar-rasulu”ni, Mulk surasini, Takaasur surasini, “Qul a’uuzu bi Robbil falaqi” hamda “Qul a’uuzu bi Robbinnasi”ni uch martadan va Ixlos surasini uch, yetti yoki o‘n bir marta o‘qisa, yaxshi bo‘ladi. Qiroatning savobini o‘tganlarga bag‘ishlab duo qilinadi. Vallohu a’lam.

Savol: Qabr boshida tilovat kilishni makruh deb bilar edim. Do‘stlarim menga ba’zi kitoblarni ko‘rsatib: “Mana bu yerda aytilishicha, qabr boshida tilovat qilsa bo‘lar ekan-ku”, deb aytishmokda. Yana “Mayyit ko‘milganda, savol-javob paytida kalovlanib qolar ekan, shuning uchun har qadamda, yo yetti qadamda tilovat qilish kerak”, deyishmoqda. Men ularga dinning aslini, haqiqatini tushuntirmoqchi bo‘ldim. Isbot, dalil keltirolmaganim uchun ular gapimni hazm qila olishmayapti.

Javob:

عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “اقْرَءُوا ﮋﭬﮊ عَلَى مَوْتَاكُمْ”.

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “O‘liklaringizga Yosinni qiroat qiling”, dedilar”.

Abu Dovud, Nasaiy, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.

Ulamolarimiz ushbu hadisi sharifni tushunishda uch xil ijtihod qilganlar.

Ba’zilari: “Hadisda “o‘liklaringizga” deganda “o‘lim to‘shagida yotganlar” nazarda tutilgan. Shuning uchun muhtazar kishiga Yosin surasini o‘qish lozim. Bu surada qayta tirilish, qiyomat, jannat va do‘zax, shaytonning fitnasidan hazir bo‘lish kabi masalalar zikr qilingani uchun aynan shu surani o‘qishga amr qilingan”, deydilar.

Bu guruhdagi ulamolarning mashhurlari imom Molik va imom Shofe’iydir.

Ikkinchi toifa ulamolar imom Ahmad ibn Hanbal, hanafiylar, ba’zi molikiy va shofe’iylar bo‘lib, ular: “Qiroat o‘liklar uchungina qilinadi”, deganlar va o‘z gaplariga mazkur hadisni va Islom ummatining amalini hujjat qilib keltirganlar. Shu bilan birga, o‘z nuqtai nazarlarini quyidagicha sharhlaganlar:

1. Hadisda “o‘liklaringizga” deyilgan, “o‘lim to‘shagida yotganlaringizga” deyilgan emas. “O‘lik” lafzi haqiqatda o‘lib bo‘lgan shaxsga nisbatan ishlatiladi. Bu so‘zni o‘lim to‘shagida yotgan kishiga nisbatan ishlatish uchun qo‘shimcha dalil yoki ishora kerak. Bu yerda u narsa yo‘q. Imom Shavkoniy shuni aytadi:

“Muhib at-Tobariy: “Mazkur hadisga umumiy jihatdan amal qilish haqdir. Buni Doraqutniy keltirgan quyidagi hadis ham qo‘llaydi”, deb ushbu hadisni keltiradi:

مَنْ مَرَّ بِالْمَقَابِرِ فَقَرَأَ ﮋﭑ ﭒ ﭓ ﭔﮊ إِحْدَى عَشْرَةَ مَرَّةً، ثُمَّ وَهَبَ أَجْرَهُ لِلْأَمْوَاتِ، أُعْطِيَ مِنَ الْأَجْرِ بِعَدَدِ الْأَمْوَاتِ.

 “Kim qabristonga kirib, “Qul huvallohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qib, savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklar adadicha savob beriladi”.

2. Qiroatning hikmatlaridan biri yengillik keltirishdir. Bu narsa muhtazarga matlub bo‘lganidek, mayyitga ham matlubdir.

“Musnadul Firdavs”da: “Qaysi bir banda o‘lgandan keyin uning oldida Yosin qiroat qilinsa, albatta Alloh unga yengillik beradi”, deyilgan.

Imom Ahmad: “Mashoyixlar: “Qachon mayyit uchun Yosin qiroat qilinsa, unga yengillik beriladi”, der ekanlar”, degan.

3. Janoza namozida Fotiha surasi o‘qilishiga qiyos qilinadi.

4. Hadislarda qabrlarni ziyorat qilishda o‘liklarga salom berish talab qilingan. Agar mayyit basharning kalomi bo‘lmish salomdan unsu ulfat topar ekan, nima uchun Allohning kalomidan uns olmasligi kerak?!

5. Qur’on qiroat qilingan joyga sakina va rahmat nozil bo‘lishi ma’lum va mashhur. Nima uchun mayyit bor joyga sakina va rahmat nozil bo‘lmasligi kerak ekan?!

6. Hadisi sharifda rivoyat qilinganki, safarga chiqqan bir odam bilmasdan qabr ustiga kapa tikib oladi. Keyin qabr ichidagi insonning "Taborak" surasini oxirigacha qiroat qilganini eshitib, buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga zikr qilganida, u zot:

قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “هِيَ الْمَانِعَةُ، هِيَ الْمُنْجِيَةُ، تُنْجِيهِ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ”.

“U (Taborak surasi) man qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi”, deganlar.

O‘likning qabr ichida turib Qur’on qiroat qilgani sobit bo‘lganidan keyin, nima uchun tiriklarning qabr ustida turib qiroat qilishlarini man etish kerak?!

Qiroatni man qiluvchi hech qanday dalil yo‘q. Ma’lumki, shariat bo‘yicha biror ishni qilishga ham, qilmaslikka ham dalil-hujjat bo‘lishi kerak. O‘likka qiroat qilishni man qiladigan dalil yo‘q.

Ushbu toifa ulamolar: “Bu gaplar Qur’on qiroat qilib, savobini bag‘ishlaganda aytiladigan gaplardir, agar savobini bag‘ishlaydigan bo‘lsa, bu gaplarga ham o‘rin qolmaydi, chunki unda duo ma’nosiga aylanadi, duodan mayyit manfaat olishini hech kim inkor qila olmaydi”, deydilar.

Ushbu masalaga Misr muftiysining javobi

“Bu kabi ixtilofli masalalar faqat bizda, O‘rta Osiyoda yoki MDH davlatlarida emas, boshqa yerlarda ham borligining dalili sifatida Misr Arab Jumhuriyati bosh muftiysi shayx Ali Juma hazratlarining “Zamonaviy fatvolar” nomli kitoblaridan tarjima qilingan matnni keltirishga ijozat bergaysiz.

Savol: Dafn davomida yoki undan keyin qabr oldida Qur’on o‘qishning hukmi nima? Mayyitga Qur’on talqin qilinishining hukmi nima? Ba’zi bir kishilar: “Bunday ish bid’at bo‘lib, na Qur’on, na hadis va na ergashish lozim bo‘lgan xabarda kelmagan, Qur’on qabrlar oldida tilovat qilish uchun nozil qilinmagan”, deyishadi. Bu haqda shariatning hukmi nima?

Javob: Qur’on tilovati shariat buyrug‘ida umumlashtirilgan holda aytilgan. Umumiy buyruq esa jamiki makon, zamon, shaxs va holatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu umumiylikni faqat dalil bilan cheklash mumkin, xolos. Agar dalil keltirmasdan cheklansa, bid’at ishni qilgan bo‘lib, Alloh va Rasuli keng qilib qo‘ygan ishni toraytirish bo‘ladi.

Shunga binoan, qabr oldida, dafndan oldin yoki keyin Qur’on tilovat qilish shar’iy amal bo‘lib, nass(matn)larning umumiyligi ham shunga dalolat qilmoqda. Bunga yana qo‘shimcha ravishda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislari va salaf solihlardan vorid bo‘lgan ko‘plab asarlar bordir.

Imom Abu Bakr Xallol Hanbaliyning (hijriy 311 yilda vafot etgan) “Jome’” kitobining “Qabrlar oldidagi qiroat” nomli juzida, Hofiz Shamsuddin ibn Abdulvohid Maqdisiy Hanbaliyning kitobidagi ushbu masalaga oid juzda, imom Qurtubiy Molikiyning (hijriy 671 yilda vafot etgan) “Oxirat ishi va o‘liklar holati xususida eslatma” nomli kitobida, Hofiz Suyutiy Shofe’iyning (hijriy 911 yilda vafot etgan) “O‘liklar va qabr holatini sharhlashda qalb ochqichi” nomli kitobida, Hofiz Abdulloh ibn Siddiq G‘imoriyning (hijriy 1413 yilda vafot etgan) “Qur’on savobi yetishida bayonning ochiq-oydin bo‘lishi” kitobida va bundan boshqa bir qancha kitoblarda bu masala xususida so‘z aytilgan.

Bu xususda ochiq-oydin kelgan sahih hadislar ham ko‘p. Quyida ulardan ba’zilarini keltiramiz.

عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْعَلْاَءِ بْنِ اللَّجْلَاجِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: قَالَ لِي أَبِي: يَا بُنَيَّ، إِذَا أَنَا مُتُّ، فَأَلْحِدْنِي، فَإِذَا وَضَعْتَنِي فِي لَحْدِي، فَقُلْ: بِسْمِ اللهِ، وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ، ثُمَّ سِنَّ عَلَيَّ الثَّرَى سِنًّا، ثُمَّ اقْرَأْ عِنْدَ رَأْسِي بِفَاتِحَةِ الْبَقَرَةِ وَخَاتِمَتِهَا، فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ ذَلِكَ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ.

Abdurrahmon ibn Alo ibn Lajlajdan, u otasidan rivoyat qilinadi:

“Otam menga: “Ey o‘g‘ilcham! Agar vafot etsam, meni lahadga qo‘ygin. Lahadimga qo‘yib bo‘lgach: “Bismillahi va ’ala millati Rasulillah”, deb ustimga tuproq tortgin. Keyin bosh tomonimda Baqara surasining avvali va oxirini o‘qigin, chunki men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mana shunday deyayotganlarini eshitganman”, dedi”.

Tabaroniy rivoyat qilgan.

Xuddi mana shu hadisni Ibn Umar mavquf holatda rivoyat qilgan. Shuningdek, Xallol ham “Qabrlardagi qiroat” juzida, Bayhaqiy “Sunanul Kubro”da va bu ikkovlaridan boshqalar ham rivoyat qilishgan. Imom Navaviy va Ibn Hajar bu hadisni hasan, deyishgan.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: “إِذَا مَاتَ أَحَدُكُمْ، فَلَا تَحْبِسُوهُ، وَأَسْرِعُوا بِهِ إِلَى قَبْرِهِ، وَلْيُقْرَأْ عِنْدَ رَأْسِهِ فَاتِحَةُ الْكِتَابِ، وَعِنْدَ رِجْلَيْهِ بِخَاتِمَةِ الْبَقَرَةِ فِي قَبْرِهِ”. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi.

“Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Agar sizlardan biror kishi vafot etsa, uni ushlab turmanglar. Qabriga tez olib boringlar. Bosh tomonida “Kitobning ochuvchisi”ni (Fotiha) o‘qilsin. Qabrning oyoq tomonida Baqara surasining oxiri o‘qilsin”, dedilar”. Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

Imom Ibn Hajar “Fathul Boriy”da “Kitobning ochuvchisi” degan jumlaning o‘rniga “Baqaraning boshlanishi” deb aytilgan rivoyatni keltirganlar. Bu masalada boshqa hadislar ham bor, lekin biroz kuchsizdir.

مَنْ مَرَّ بِالْمَقَابِرِ فَقَرَأَ ﮋﭑ ﭒ ﭓ ﭔﮊ إِحْدَى عَشْرَةَ مَرَّةً، ثُمَّ وَهَبَ أَجْرَهُ لِلْأَمْوَاتِ، أُعْطِيَ مِنَ الْأَجْرِ بِعَدَدِ الْأَمْوَاتِ.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Kim qabrlar oldidan o‘tayotib, “Qul huvallohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qisa, so‘ngra uning savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklar adadicha savob beriladi”.

Ushbu rivoyatni Xallol “Qabrlardagi qiroat” nomli kitobida, Samarqandiy “Qul huvallohu ahadning fazilati” kitobida rivoyat qilishgan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “مَنْ دَخَلَ الْمَقَابِرَ، ثُمَّ قَرَأَ فَاتِحَةَ الْكِتَابِ، وَﮋﭑ ﭒ ﭓ ﭔﮊوَﮋﮋ ﮌﮊ ، ثُمَّ قَالَ: اللَّهُمَّ إِنِّي قَدْ جَعَلْتُ ثَوَابَ مَا قَرَأْتُ مِنْ كَلَامِكَ لِأَهْلِ الْمَقَابِرِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ، كَانُوا شُفَعَاءَ لَهُ إِلَى اللهِ تَعَالَى”. خَرَّجَهُ أَبُو الْقَاسِمِ الزَّنْجَانِيُّ فِي فَوَائِدِهِ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qabristonga kirsa, so‘ngra Fotiha, “Qul huvallohu ahad” va “Al haakumut takaasuru” suralarini o‘qisa, keyin: “Allohim! Ushbu kalomingdan o‘qigan narsalarning savobini qabristondagi mo‘min va mo‘minalarga atadim”, desa, Allohga u xususida shafoatchi bo‘lishadi”, dedilar”.

Abul Qosim Zanjoniy “Favoid” nomli kitobida rivoyat qilgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar:

 “مَنْ دَخَلَ الْمَقَابِرَ، فَقَرَأَ سُورَةَ ﮋﭬﮊ ، خُفِّفَ عَنْهُمْ يَوْمَئِذٍ، وَكَانَ لَهُ بِعَدَدِ مَنْ فِيهَا حَسَنَاتٍ”.

“Kim qabristonga kirib, Yosin surasini o‘qisa, u yerdagilarning azobi yengillatiladi va unga u yerdagilar adadicha hasanot yoziladi”.

Hofiz Shamsuddin ibn Abdulvohid Maqdisiy Hanbaliyning bu masaladagi qismda ta’lif etgan narsalari quyidagichadir: “Ushbu mavzudagi hadislar zaif bo‘lsa ham, ularning majmuasi asli borligini bildiradi. Barcha o‘lka va asrdagi musulmonlar hech qanday inkorsiz ijmo’ qilgan hollarida o‘liklariga Qur’on o‘qiydilar”.

2. Sunnatda Yosin surasini o‘liklarga qiroat qilish xususida quyidagilar aytilgan.

عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “اقْرَءُوا ﮋﭬﮊ عَلَى مَوْتَاكُمْ”.

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

 “Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “O‘liklaringizga Yosin surasini o‘qinglar”,dedilar”.

Imom Ahmad “Musnad”ida rivoyat qilgan.

Qurtubiy bu hadisni sharhlab: “Ushbu qiroat mayyit o‘lgan vaqtda yoki qabri huzurida bo‘lishi mumkin”, degan.

Ibn Hajar Haytamiy “Fatvo” nomli kitobida: “Yosin qiroati yuqoridagi ikki o‘rinda ham mandub”, degan.

3. Shuningdek, shariat ham janozada Fotiha surasini o‘qishni aytgan. Chunki bunda mayyitga xos manfaat bor bo‘lib, rahmat va mag‘firat ham mujassamdir. Ammo undan boshqa suralarda unday emas.

عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “أُمُّ الْقُرْآنِ عِوَضٌ عَنْ غَيْرِهَا، وَلَيْسَ غَيْرُهَا عِوَضًا عَنْهَا”. رَوَاهُ الدَّارَقُطْنِيُّ وَصَحَّحَهُ الْحَاكِمُ.

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ummul Qur’on” surasi boshqa suralarning o‘rnini bosuvchidir. Lekin boshqa suralar uning o‘rnini bosa olmaydi”, dedilar”.

Doraqutniy rivoyat qilgan. Imom Hokim sahih degan.

Shuning uchun imom Buxoriy ham “Sahih” kitoblarida “Fotihani o‘likka o‘qish bobi” deb alohida bob ochganlar. Demak, u janoza namozi yoki uning tashqarisida bo‘lishdan umumiyroqdir.

Janoza namozida Fotiha surasini o‘qishga dalolat qiluvchi boshqa hadislar ham bor. Bundan tashqari, Fotiha surasini dafn paytida yoki undan keyin o‘qishga dalolat qiluvchi hadislar ham mavjud.

عَنْ أُمِّ عَفِيفِ النَّهْدِيَّةِ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: بَايَعْنَا رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ بَايَعَ النِّسَاءُ، فَأَخَذَ عَلَيْهِنَّ أَنْ لَا تُحَدِّثْنَ الرَّجُلَ إِلَّا مَحْرَمًا، وَأَمَرَنَا أَنْ نَقْرَأَ عَلَى مَيِّتِنَا بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ. أَخْرَجَهُ الطَّبَرَانِيُّ.

Ummu Afif Nahdiyya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ayollar bay’at qilganida, biz ham bay’at qildik. O‘sha bay’atda faqat mahram erkaklar bilan gaplashishga va o‘liklarimizga Fotiha surasini o‘qishga buyurdilar”.

Tabaroniy rivoyat qilgan.

عَنْ أُمِّ شَرِيكٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَمَرَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ نَقْرَأَ عَلَى الْجِنَازَةِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ. أَخْرَجَهُ ابْنُ مَاجَهْ.

Ummu Sharik roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘likka Fotiha surasini o‘qishimizni buyurdilar”. Ibn Moja rivoyat qilgan.

4. Ulamolar qabr oldida Qur’on qiroat qilishga Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan quyidagi hadisni ham dalil qilib keltirishadi:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: مَرَّ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى قَبْرَيْنِ، فَقَالَ: “إِنَّهُمَا لَيُعَذَّبَانِ، وَمَا يُعَذَّبَانِ فِي كَبِيرٍ، أَمَّا هَذَا فَكَانَ لَا يَسْتَتِرُ مِنْ بَوْلِهِ، وَأَمَّا هَذَا فَكَانَ يَمْشِي بِالنَّمِيمَةِ”، ثُمَّ دَعَا بِعَسِيبٍ رَطْبٍ، فَشَقَّهُ بِاثْنَيْنِ، فَغَرَسَ عَلَى هَذَا وَاحِدًا، وَعَلَى هَذَا وَاحِدًا، ثُمَّ قَالَ: “لَعَلَّهُ يُخَفَّفُ عَنْهُمَا مَا لَمْ يَيْبَسَا”. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki qabrning yonidan o‘tayotib: “Mana shu ikkovi azoblanmoqda. Katta narsa uchun azoblanayotgani yo‘q. Ulardan biri peshobidan to‘sinmas edi, boshqasi esa chaqimchilik qilib yurar edi”, dedilar. So‘ngra bir ho‘l xurmo novdasini opkeltirdilar-da, ikkiga bo‘lib, bunisiga birini, unisiga birini suqib qo‘ydilar. So‘ngra: “Shoyad, bular quriguncha ikkovidan (azob) engillatib turilsa”, dedilar”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Xattobiy: “Bu qabrlar oldida Qur’on tilovat qilish mahbub ekaniga dalildir. Chunki daraxt(shoxi)ning tasbehidan mayyit naf olganidan keyin, Qur’on tilovatidan undan ham ko‘p foyda va baraka umid qilinadi”, deydi.

Imom Qurtubiy aytadi: “Ba’zi ulamolar qabr oldida Qur’on qiroat qilinishiga ikki novda hadisini dalil qilishadi va qabrlarga daraxt ekish hamda Qur’on tilovatining foydali ekanini ta’kidlashadi. Daraxtlar azobni yengillatganidan keyin, qanday qilib mo‘min kishining Qur’on tilovat qilishi foyda bermasin! Shuning uchun ulamolar “Qabr ziyorati mustahab, tilovat ziyoratchidan mayyitga tuhfadir”, deyishgan”.

Imom Navaviy “Sahihi Muslim”ning sharhida: “Ulamolar qabr oldida Qur’on tilovat qilishni mana shu hadisga asosan mustahab deyishgan. Shoxning tasbehi bilan azob yengil bo‘lgach, Qur’on tilovati bilan azobning yengillashishi yanada a’loroqdir”, degan.

5. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir necha marta qabr ustida janoza namozi o‘qiganlar. Ushbu xabar ikki “Sahih” va boshqa kitoblarda kelgan. Namoz esa Qur’on tilovati, salavot, zikr va duolarni o‘z ichiga oladi. Demak, bularning barchasi joiz bo‘lgan o‘rinda ba’zisi joiz bo‘lishi tabiiydir.

Shuningdek, ulamolar quyidagilarni aytadilar:

“Mayyitga qiroat savobining yetib borishini hajning savobi mayyitga yetib borishiga qiyos qilib olganlar. Chunki haj ham namoz amalini o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zidan, namozda Fotiha va boshqa suralar bor. Demak, bularning barchasi yetib borganidan keyin, ba’zisi, ya’ni tilovat yetib borishi tabiiydir. Ba’zilar tortishsa ham, mana shu oxirgi ma’no haqdir. Lekin aksar ulamolar: “Qiroat qiluvchi kishi mayyitga qiroatining savobi adadicha savob berilishini so‘rasa, Alloh O‘z izni bilan o‘shancha savob beradi. Chunki agar Karim sifatli Zotdan so‘ralsa, U albatta beradi. Va duo qilinsa, ijobat etadi”, deyiladi.

6. Mana shu hech qanday inkorsiz, avloddan avlodga, salafdan xalafga o‘tib kelayotgan amal bo‘lib, ergashilayotgan mazhablarda e’timodli narsadir. Hattoki Hofiz Shamsuddin ibn Abdul Vohid Maqdisiy Hanbaliy hamda Shayx Usmoniylar ham kitoblarida quyidagicha naql qilishgan: “Albatta, istig‘for, duo, sadaqa, haj va qul ozod qilishda mayyitga manfaat bo‘lib, savobi unga yetib turadi. Qabr oldida Qur’on tilovat qilish esa mustahab amaldir”.

O‘tgan solihlarning ushbu mavzudagi asarlari:

Ibn Abu Shayba “Musannaf” nomli kitobida imom Sha’biydan qilgan rivoyatda: “Ansoriylar mayyit huzurida Baqara surasini o‘qishar edi”, deb aytilgan.

Imom Xallol “Qabrlardagi qiroat” nomli kitoblarida: “Agar biror kishi o‘lsa, ansoriylar uning qabriga navbat bilan qatnab, u yerda Qur’on o‘qishar edi”, deb aytganlar.

Xallol Ibrohim Naxa’iydan rivoyat qilib: “Qabrlar oldida Qur’on qiroat qilishning zarari yo‘q”, deb aytganlar.

Hasan ibn Sabboh Za’faroniydan rivoyat qilib: “Shofe’iydan qabrlar oldida qiroat qilish xususida so‘radim. Shunda u zot “Zarari yo‘q” dedilar”, deb aytadi.

Ali ibn Muso Haddoddan rivoyat qilinadi:

“Men Ahmad ibn Hanbal va Muhammad ibn Qudoma Javhariy bilan janozada edim. Mayyit dafn etilgach, ko‘zi ojiz bir kishi qabr oldida o‘tirib, tilovat qila boshladi. Shunda Ahmad ibn Hanbal:

“Ey falonchi! Qabr oldidagi qiroat bid’atdir”, dedi.

Qabristondan chiqqach, Muhammad ibn Qudoma Ahmad ibn Hanbalga:

“Ey Abu Abdulloh! Mubashshir Halabiy xususida fikringiz qanday?” dedi. Imom Ahmad:

“U ishonchli, – dedilar. So‘ng: – Siz u kishidan biror narsa yozib olganmisiz?” degan edilar, Muhammad ibn Qudoma quyidagicha javob berdi:

“Mubashshir Abdurrahmon ibn Alodan, u esa otasidan rivoyat qiladi. Otasi vasiyat qilib: “Agar dafn qilsangiz, mayyitning boshida Baqara surasining boshi va oxirini o‘qinglar. Chunki men Ibn Umarning shunday vasiyat qilganlarini eshitganman”, degan ekan”.

Shunda imom Ahmad:

“Borib, haligi odamga ayt, tilovat qilaversin”, dedilar”.

Ergashilayotgan mazhab sohiblarining bu xususda aytgan so‘zlari

“Fatavoi hindiyya” kitobida hanafiy olimlarining keltirishlaricha: “Mayyit dafn etilgach, qabr oldida bir hayvonni so‘yib, go‘shtini taqsimlab bo‘lguncha muddatda tilovat qilib, mayyitga duo qilish mustahabdir”.

Muhammad ibn Hasan: “Hanafiy mazhabi mashoyixlari mana shu so‘zni olishgan”, dedilar.

Ammo molikiy mazhabi mashoyixlari nazdidagi e’timodli narsa bu amalning mustahab ekanligidir. Dasuqiyning “Sharhul kabiyr”ga yozgan hoshiyasida Ibn Habib mazkur amalni “mahbub” deb atagan va: “Agar imom Molik ushbu amalni sunnat qilib olgan kishini bilsalar, karih ko‘rardilar”, degan.

Ushbu so‘zni Ibn Rushd ham naql qilgan. Xuddi mana shu so‘zni Ibn Yunus ham naql qilgan. Imom Laxmiy esa “Qiroat mahbub”, deb eshitishni a’lo ko‘rmagan. Ibn Habib Yosin surasini o‘qishni “mahbub” deganlar. Bu ikkovlaridan boshqalarning so‘zlaridan ham qiroat mutlaq holatda mahbub ekani bilinadi.

Vazzoniy Molikiy “Navozilus-sug‘ro” kitobida keltirishicha, qabrdagi qiroat xususida Ibn Rushd “Ajviba” kitobida, Ibn Arabiy “Ahkamul Qur’on” kitobida, Qurtubiy “Tazkira” kitobida misollar keltirib, mayyitning – xoh qabrda bo‘lsin, xoh uyida bo‘lsin, – qiroatdan manfaat olishi aytilgan.

Ushbu fikrni molikiy mazhabining ko‘plab ulamolari ham naql qilishgan. Ular orasida Abu Sa’id ibn Lubb, Ibn Hubayb, Ibn Hojib, Laxmiy, Ibn Arafa, Ibn Mavoq va boshqalar ham bor.

Shofe’iy mazhabi ulamolaridan imom Navaviy “Majmu’” kitobida quyidagilarni aytadi:

“Qabrlarni ziyorat qiluvchilar uchun avvalo salom berish va ziyorat qilayotganda barcha qabr ahliga duo qilish mustahabdir. Ana shu salomi va duosi hadisdagi narsalarga muvofiq bo‘lishi lozim. Va Qur’ondan muyassar bo‘lganicha o‘qib, ortidan duo qilishi kerak”. Imom Shofe’iy va u kishining sohiblari mana shunga ittifoq qilib, dalil keltirishgan.

Imom Navaviy “Al-Azkor” kitobida keltirishlaricha, mayyit dafn qilib bo‘lingach, bir hayvonni so‘yib, taqsimlangunicha muddatda uning huzurida o‘tirish mustahab amaldir. O‘tirganlar esa Qur’on tilovati, mayyitga duo, va’z, xayr ahlining hikoyalari va solihlarning holatlari haqidagi suhbatga mashg‘ul bo‘lishadi. Imom Shofe’iy va u zotning ashoblari: “Qur’ondan ba’zi qismlar o‘qiladi. Agar Qur’onning barchasi xatm qilinsa, yaxshiroq bo‘ladi”, deb ta’kidlashgan.

Shuningdek, hanbaliy olimlar ham qabr oldida Qur’on tilovatining joizligini aytishgan.

Alloma Mirdoviy “Insof” kitobida: “Qabr oldida qiroat qilish, ikki rivoyatning sahihrog‘iga qaraganda, karohiyatli emas”, deb aytgan.

“Furu’” kitobida imom Ahmad ham dalil keltirganlar. Ushbu kitobning sharhida: “Bu imom Ahmaddan mashhurdir”, deyilgan.

Xallol va u kishining sohiblari: “Qiroat karohiyatli emas”, deyishgan. Ko‘pgina sohiblar ham shunga ittifoq qilishgan. Ulardan biri imom Qoziy bo‘lib, u kishi bu fikrni “Vajiz”, “Furu’”, “Mug‘niy”, “Sharh” kitoblarida keltirgan. Ibn Tamim esa “Foiq”da keltirgan.

Siyrat, tarjimai hollar va tarix kitoblarini o‘qiganlar ham salaflarning bu xususdagi amallarini va ummatning hech qanday inkorsiz unga ergashganlarini, xususan, Hanbaliy va ahli hadis bo‘lmish birodarlarning ham bunga muvofiq ekanini ko‘radi. Biz so‘zimizning tasdig‘i uchun Hofiz Zahabiyning “Siyaru a’lomun-nubalo” kitobida Abu Ja’far Hoshimiy Hanbaliy (hijriy 470 yilda vafot etgan) haqida yozilgan ba’zi ma’lumotlarni keltirish bilan kifoyalanamiz. Bu zot o‘z asrlarida hanbaliylarning shayxi bo‘lgan. Vafot etganlarida imom Ahmadning qabrlari yoniga dafn etilganlar. Odamlar bir muddat u zotning qabrlarini lozim tutib o‘tirishgan. Aytilishicha, qabrlari ustida o‘n mingta xatmi Qur’on qilingan.

Hatto “Qabr oldida Qur’on tilovati bid’at va bunday qilish salaf hamda xalaflarning ishiga xilof”, degan shayx Ibn Taymiya vafot etganida ham qabri va uyida xatmi Qur’on qilingan. Buni Abdul Hodiy Hanbaliy va boshqalar zikr qilishgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Украина жиддий молиявий қийинчиликларга дуч келмоқда ва яқин йилларда кенг кўламли ташқи ёрдамга муҳтож, деб ёзади AP.

Vladimir Putin ikki bolaning yangi yil orzusini ro‘yobga chiqardi

Владимир Путин билан навбатдаги жонли мулоқот 19 декабрь куни бўлиб ўтади.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.