Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam va palliativ xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, og‘ir kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, onkologik, gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, palliativ va xospis xizmatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Taqdimotda saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash va davolash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklari bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlar bilan qamrab olishni kamida 60 foizga yetkazish, saraton kasalliklariga chalingan bemorlar orasida 5 yillik umr davomiyligi ko‘rsatkichini 35 foizdan kamida 45 foizga oshirish maqsad qilingan.

Buning uchun 2027 yildan boshlab Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan saratonga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy dastur hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Mazkur dastur doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining onkologik hushyorligi oshiriladi. Ular saraton kasalliklarining dastlabki belgilarini aniqlash va bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashgan muassasalarga yo‘naltirish bo‘yicha qayta tayyorlanadi.

Shuningdek, xalqaro tavsiyalar asosida klinik qo‘llanmalar qabul qilinadi. Onkologiya yo‘nalishida multidissiplinar jamoaviy yondashuv – bir nechta mutaxassis ishtirokida bemorga tashxis qo‘yish va davolash taktikasi joriy etiladi.

Eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklarini erta tashxislash dasturlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amaliyotga kiritiladi. Bemorlarni qisqa muddatda tekshiruvdan o‘tkazish va tashxis qo‘yish imkonini beradigan tezkor tashxislash yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Nur terapiyasi xizmatini modernizasiya qilishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, eskirgan kobalt qurilmalari bosqichma-bosqich zamonaviy chiziqli tezlatkichlarga almashtiriladi, yuqori dozali braxiterapiya imkoniyatlari kengaytiriladi.

Palliativ va xospis yordamini rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 2030 yilga qadar aholiga bunday yordam ko‘rsatish qamrovini kamida 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Buning uchun 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikada palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integrasiyasi asosida tashkil etiladi. Palliativ yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash, yo‘llash, hisobga olish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mobil palliativ brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uy sharoitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ta’minlanadi. Stasionar sharoitdagi palliativ yordam davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan ko‘rsatiladi.

Aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, barcha hududlarda xospis muassasalari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Toshkent shahar hududlararo xospisi palliativ va xospis yordamini metodologik boshqarish, hududlarda mazkur xizmatni tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha mas’ul muassasa etib belgilanadi.

Dastlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida onkologik kasalligi sababli palliativ va xospis yordamiga muhtoj bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mobil palliativ brigadalar tashkil etiladi. Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ yordam ko‘rsatish markazining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Palliativ va xospis yordamiga muhtojligi elektron axborot tizimida qayd etilgan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va ko‘riklarsiz nogironlik belgilanadi. Uy sharoitida parvarishga muhtoj bemorlar funksional krovat va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida ta’minlanadi.

Shuningdek, mahalla darajasida palliativ yordam ko‘rsatish, uy sharoitida qarab turish va parvarish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, bemorlarning oila a’zolari uchun “Oilani qo‘llab-quvvatlash” xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish choralari ham muhokama qilindi.

2026-2030 yillarda bunday kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash ulushini amaldagi 30-40 foizdan 60 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. Bemorga tashxis qo‘yilgan vaqtdan transplantasiya amaliyotigacha bo‘lgan muddatni 6 oydan 3 oygacha qisqartirish choralari ko‘riladi.

Gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish, hududlarda gemopoetik o‘zak hujayralari transplantasiyasi amaliyotlarini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Taqdimotda davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmasevtika xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, kamida 15 yillik ish stajiga ega xodimlar farzandlarining respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida o‘qishi uchun yillik kontrakt to‘lovining bir qismini, shuningdek, shunday ish stajiga ega xodimlar ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishida dastlabki badalning bir qismini qoplab berish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, ko‘rib chiqilgan chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish, hududlarda onkologik va gematologik tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirish, zamonaviy tashxislash va davolash texnologiyalarini joriy etish yuzasidan topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро ўз лавозимида қолиши 100 фоизга ҳал бўлди.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

Xolandning otasi Angliyaga murojaat qildi

Норвегия терма жамоаси ҳужумчиси Эрлинг Холанднинг отаси Альфи Холанд жамоанинг Англияга қарши мағлубияти ҳақида ўз фикрини билдирди.

Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini tark etishi mumkin

Жаҳон чемпиони ва "Олтин тўп" соҳиби Фабио Каннаваро яқин орада Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи лавозимидан кетиши кутилмоқда.

O‘zbekistonga kuchli issiq havo oqimlari kirib keladi

Ҳаво ҳарорати энг иссиқ кунларда республиканинг катта қисмида 41-43 даражагача, шимолда, жанубда ва чўл ҳудудларда 44-46 даражагача кўтарилади.

Hindistonda bir kunlik milliy motam e’lon qilindi

Бу ҳақда Ҳиндистон Ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

Messining Jahon chempionatidagi rekord seriyasi to‘xtadi

Аргентина терма жамоаси ҳужумчиси ва сардори Лионель Месси 2026 йилги жаҳон чемпионати 1/4 финали доирасида Швейцарияга қарши ўтказилган учрашувда (3:1) гол ура олмади ва ўз тарихий сериясини якунлади.

Kabo-Verde himoyachisi terma jamoaga ish qidirish ilovasi orqali qo‘shilganini bilasizmi?

Асли рландиялик бўлган футболчи (отаси Кабо-Вердеда туғилган) португал тилида хабар олган ва дастлаб спам деб ўйлаб, уни эътиборсиз қолдирган.

«Haqiqat eshik qoqmoqda» — Tehron Vashingtonni ogohlantirdi

Теҳроннинг АҚШ билан музокаралар гуруҳи раҳбари Муҳаммад Боқир Ғолибоф бир томонлама келишувлар даври тугаганини маълум қилди.

London osmonidan ulkan ajdaho uchib o‘tdi

“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot berdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ўзининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифасида янги пост жойлаштирди.

Prezident milliy jamoaning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tekshirishni talab qildi

Мен бу кутилмаган натижадан шунчаки ҳайратда эмас, балки бутунлай лол қолдим.

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida 27 nafar chegara xodimi qo‘lga olindi

Амалиёт вақтида огоҳлантирувчи ўқ узилгани ҳолати ҳам текширилмоқда.

Alisher Qodirov futbolchilarga: "Kongo bilan o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi"

Депутат Алишер Қодиров Португалияга қарши ўйинда йирик ҳисобда мағлубиятга учраган Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиларини танқид қилди.

Ukrainani “Rus” deb qayta nomlash taklif qilindi

Сиёсатчи номни ўзгартириш имкониятини Украинанинг ЕИга аъзо бўлиш истиқболлари билан боғлаган.

Jazirama yana cho‘ziladi: O‘zbekistonda harorat +48° gacha ko‘tariladi

Фуқароларга куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ суюқлик истеъмол қилиш, болалар ва кекса ёшдагилар саломатлигига алоҳида эътибор қаратиш тавсия этилади.

Fyodorovning iste’fosi YEI uchun katta kutilmagan hodisa bo‘ldi

Биз Михаил Фёдоров билан жуда яқин ҳамкорлик қилганмиз ва ҳозир ҳам ҳамкорлик қилмоқдамиз

"Ukraina Putinning “homiylari”ga zarbalar bermoqda"

Кимдир Москва ёнган Наполеон даврларини эсламоқда. Бироқ Украина учун баландпарвоз гаплар эмас, натижа муҳим.

Qatar Volkswagen’ning Isroil bilan kelishuvini to‘xtatdi

Доҳадаги инвесторлар концерннинг Исроил учун ҳарбий маҳсулот ишлаб чиқариш режаларини блоклади.

Eron AQSh hujumiga javoban husiylarga Bab al-Mandab bo‘g‘ozini yopishni buyurgan

Reuters агентлигининг хабар беришича, агар АҚШ Эроннинг электр станцияларига зарба берса, Теҳрон Ямандаги ҳусийларга Баб ал-Мандаб бўғозини ёпиш бўйича кўрсатма берган.

Afg‘onistonda bolalar nikohi oqibatida joriy yilda kamida 42 nafar voyaga yetmagan qiz farzandli bo‘ldi

The Guardian маълумотига кўра, улардан 6 нафари иккинчи марта она бўлган, 5 нафарда бачадондан ташқари ҳомиладорлик қайд этилган, 2 нафар қиз эса туғруқ пайтида вафот этган.

Zaporojye AES bosh muhandisi Ukraina droni hujumi oqibatida halok bo‘ldi

МАГАТЭ бош директори Рафаэль Гросси ушбу ҳодисани қоралади, деб хабар берди агентлик.

So‘nggi bir kun ichida Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida 13 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Сўнгги бир кун ичида Исроилнинг Ғазо секторига уюштирган ҳужумлари оқибатида камида 13 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, 18 киши жароҳатланди, деб хабар бермоқда “Дунё” АА мухбири “Anadolu” агентлигига таяниб.

Pezeshkian Trampga: «Eronni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar hozir qayerda?»

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан АҚШ президенти Дональд Трампнинг баёнотларига жавоб қайтариб, Теҳрон таҳдидларга қуруқ сўзлар билан эмас, амалий ҳаракатлар билан муносабат билдиришини таъкидлади.

Kanadada yuk poyezdi o‘rmon yong‘ini qurshovida qolib ketdi

Аланга ичида қолган поезд Армстронг шаҳри ва яқин атрофдаги аҳоли пунктлари аҳолисини эвакуация қилиш учун фойдаланилган.

Erdog‘an: "15 iyul qahramonona qarshiligi jahon demokratiyasi tarixida benazir hodisadir”

Туркия сиёсий тарихидаги энг шафқатсиз давлат тўнтаришига уринишлардан бири бундан роппа-роса 10 йил аввал, 2016 йил 15 июль куни содир бўлган эди. Мамлакатимизнинг давлат муассасаларига яширинча жойлашиб олган террористик оқим томонидан амалга оширилган ушбу давлат тўнтаришига уринишнинг мақсади Туркияни узоқ йиллар давом этадиган тартибсизлик ва беқарорлик муҳитига судраб, халқимизнинг келажагини ўз назорати остига олиш эди.

Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Ортга қайтаётганда йўлни қисқартириш мақсадида асосий маршрутдан четга чиққани сабабли адашиб қолган ва қутқарувчилар ёрдамига муҳтож бўлган.

O‘zbekistonlik talabalar “Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi doirasida Ozarbayjonga tashrif buyurdilar

Озарбайжон Республикаси Маданият вазирлиги ҳамда Озарбайжон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Элчихонаси ҳузуридаги Ҳайдар Алиев номидаги Озарбайжон Маданият маркази ташаббуси билан амалга оширилаётган “Озарбайжон маданиятининг ёзги мактаби” лойиҳаси доирасида Ўзбекистон Республикасидан бир гуруҳ талабалар Озарбайжонда сафарда бўлиб турибди.

JSST: Kongoda Ebola bilan kasallanganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardan 4 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) маълумотларига кўра, Конго Демократик Республикасида Эбола билан касалланганларнинг ҳақиқий сони расмий кўрсаткичлардан (тахминан 2 мингта касалланиш ва 700 дан ортиқ ўлим ҳолати) 4 баробар кўп бўлиши мумкин.

Evropada jazirama qurbonlari soni 10 mingdan oshdi

Маълум қилинишича, ўлим ҳолатларининг аксарияти 65 ёш ва ундан катта аҳоли вакиллари орасида қайд этилган.

G‘azoda so‘nggi bir kunda 8 kishi halok bo‘ldi

Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида Исроил ҳарбийларининг ҳужумлари оқибатида 8 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, яна 32 киши жароҳат олди.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 2 yilga qamaldi

Жанубий Кореянинг собиқ президенти Юн Сок Ёл сайловолди кампаниясини молиялаштириш тўғрисидаги қонунни бузганлик бўйича ишда икки йилга озодликдан маҳрум этилди.

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Хитойда COVID-19 билан касалланиш ҳолатлари яна кўпаймоқда. Хитой Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш маркази маълумотларига кўра, июнь ойида мамлакатда 79 мингта тасдиқланган инфекция ҳолати қайд этилган.

EI Xitoyga qaramlikni kamaytirish uchun yangi moliyaviy mexanizm ustida ishlamoqda – Bloomberg

Агентликнинг ёзишича, Европа Иттифоқи Хитойга бўлган иқтисодий қарамликни камайтириш ва муҳим таъминот занжирларини диверсификация қилиш мақсадида норасмий равишда "бирдамлик воситаси" деб номланган янги молиявий механизмни ишлаб чиқмоқда.

Janubiy Koreyada sobiq bosh murabbiyning yuzi xiralashtirib ko‘rsatilmoqda

Маълум қилинишича, мамлакат президенти шахсан бош мураббийнинг истеъфосини талаб қилган.

JCH-2026. Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, JCh yarim finaliga yo‘l oldi

Англия терма жамоаси ЖЧ-2026 чорак финалида Норвегияни қўшимча бўлимларда 2:1 ҳисобида таслим этди.

Fransiyada qasddan yong‘in chiqarishda gumonlanib 32 kishi qo‘lga olindi

Франциянинг 22 та департаментида қасддан ёнғин чиқаришда гумон қилинган 32 нафар шахс ҳибсга олинган.

Germaniyada jazirama tufayli 5000 dan ortiq odam vafot etdi

Июнь ойида Германияда иссиқлик тўлқинлари туфайли тахминан 5,1 минг киши вафот этди. Роберт Кох институти олимлари бундай об-ҳаво шароитлари баъзи одамлар учун хавф туғдиришда давом этишини башорат қилмоқда.

G‘azodagi qurbonlar soni 73 mingdan oshdi

Вазирлик маълумотига кўра, шу давр мобайнида 173 минг 643 нафар киши турли даражада жароҳат олган.