Putinning BAAga ishchi safari qanday o‘tdi

Putinning BAAga ishchi safari qanday o‘tdi

Rossiya prezidenti “Qasr al-Vatan” saroyida tantanali kutib olindi. Uning sharafiga BAA osmonini harbiy samolyotlar Rossiya bayrog‘i ranglariga bo‘yaldi, otliq va piyoda faxriy qorovul saf tortdi va zambaraklardan salyut otildi.

Putin ushbu e’tiborni javobsiz qoldirmadi va mashinadan tushishi bilan BAA prezidenti Al Nahayonga “Qanday chiroyli” degan so‘zlar bilan minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti BAA yetakchisini kuni kecha nishionlangan mamlakat tashkil etilganining 52 yilligi bilan tabrikladi va SSSR BAAni birinchilar qatorida tan olganini va o‘tgan davr mobaynida munosabatlar doimi yaxshi bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Undan tashqari, Putin BAA arab dunyosida Rossiyaning eng yirik hamkori ekanini ta’kidlab o‘tgan yil davomida o‘zaro savdo hajmi 67%ga o‘sganini va bu yil undan ham ko‘p bo‘lishi kutilayotganini aytib o‘tdi.

Rossiya prezidenti BAA rahbariga mamlakatda birinchi rus maktabi ochilishi hamda birinchi pravoslav cherkovi uchun yer ajratishga ruxsat berilgani munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralarda Isroil-Falastin mojarosiga alohida o‘rin ajratildi.

Shuningdek, Putin Al-Nahayotga Ukrainadagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot berdi.

Rossiya va BAA kelgusi yilda BRIKS tizimida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!