Putin: «Ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan!»

Putin: «Ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan!»

 

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Internet orqali bolalarni o‘z joniga qasd qilishga undaydigan holatni izohladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiya rahbari o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga undaydigan murojaat mualliflarini vahshiy va hasharot deb atab, «ularni ezib tashlasang ham, achinmaysan», deydi.

«Internetda o‘tirganda o‘zlarini Rembodek tutishadi: har turli narsalarni o‘ylab topib yigit yoki qizni tomdan sakrashga undaydi. Polisiya kirgan zahoti esa ishtoniga solib qo‘yadi», — dedi u.

Avvalroq Davlat Dumasi vise-spikeri Irina Yarovaya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga TikTok ijtimoiy tarmog‘i ustidan shikoyat bilan murojaat qilgandi. U Tergov qo‘mitasi rahbaridan ijtimoiy tarmoqdagi o‘z joniga qasd qilishga undovchilarga qarshi chora ko‘rishni so‘ragan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!