Putin tez orada Turkmanistonga boradi

Putin tez orada Turkmanistonga boradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 iyun kuni Turkmanistonga boradi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov xabar bergan.

Putin Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Kaspiy sammitida ishtirok etadi. Sammitga Turkmaniston mezbonlik qilishi haqida bir kun avval Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar bergan edi.

Oxirgi marta bunday formatdagi sammit 2018 yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan. Unda Kaspiy bo‘yidagi davlatlar Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron, Ozarboyjon va Rossiya yetakchilari ishtirok etgan. O‘sha sammitda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risida konvensiya qabul qilingan.

10 iyun kuni Putin Moskvada Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhamedovni qabul qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!