Putin Rossiya armiyasiga 150 ming kishini olib kirish haqidagi farmonni imzoladi

Putin Rossiya armiyasiga 150 ming kishini olib kirish haqidagi farmonni imzoladi

Vladimir Putin Rossiya armiyasiga 150 ming kishini olib kirish haqidagi farmonni imzoladi

Putinning farmoniga ko‘ra, joriy yilning aprelidan avgustigacha Rossiya armiyasi 150 ming chaqiriluvchi bilan to‘ldirilishi kerak.

Rossiya rasmiylarining rasmiy pozisiyasi shundan iboratki, chaqiriluvchilar Ukraina bilan urushda qatnashmaydilar, lekin ular shartnoma tuzib, o‘z xohishlari bilan frontga borishlari mumkin. Shu bilan birga, Rossiya ommaviy axborot vositalarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar shartnoma imzolashga majbur bo‘lganida bosim o‘tkazilgani haqida bir necha bor xabar berilgan.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, o‘z harbiy maqsadlariga erishish uchun Vladimir Putinga yangi rezervchilar kerak bo‘ladi: shuning uchun endi, u qayta saylanganidan so‘ng, safarbarlikning navbatdagi to‘lqini boshlanishi mumkin. Ayrim harbiy ekspertlarning fikricha, Rossiya qisman bosib olingan Lugansk, Donesk, Zaporojye va Xerson viloyatlaridan tashqari Xarkov va Odessa viloyatlarini ham egallash niyatida.

Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, 2022 yil kuzidagi safarbarlik paytida 300 ming zahirachi frontga chaqirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!