Putin Pashinyanni Qorabog‘ni Ozarboyjonga berishga majburlamagan — Lavrov

Putin Pashinyanni Qorabog‘ni Ozarboyjonga berishga majburlamagan — Lavrov.
“2020 yil noyabrida urushni tugatish bo‘yicha kelishuvlar qachon imzolangani, Putin Pashishyanni Qorabog‘ni Ozarboyjonga berishga majburlagani haqidagi gaplar yolg‘on. Ushbu kelishuv Qorabog‘ tinchlikparvar kontingentning mas’uliyati hududi ekanligi va Qorabog‘ning yakuniy maqomi bo‘yicha muloqot davom etishi haqida umumiy tushuncha borligi aytiladi.
Keyin Pashinyan Pragadagi navbatdagi Yevropa sammitida Armaniston va Ozarboyjon 1991 yilgi chegaralar doirasida bir-birini tan olishi haqida hujjat imzoladi - bu masala yopildi.
O‘sha hujjat Armaniston Qorabog‘da yashovchi armanlar taqdiridan xavotirda ekanligidan dalolat bermagan. Ammo bizning tinchlikparvar kuchlarimiz bu vaziyatda qo‘llaridan kelganini qilmoqda", — deya ta’kidladi Rossiya TIV rahbari.