«Putin katta g‘alabani qo‘lga kiritdi» – G‘arb nashrlari Rossiyadagi referendumga qanday munosabatda bo‘ldi?

A A A
«Putin katta g‘alabani qo‘lga kiritdi» – G‘arb nashrlari Rossiyadagi referendumga qanday munosabatda bo‘ldi?

1 iyul kuni Rossiya uchun muhim kun bo‘ldi. Shu kuni mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazildi. Rossiya konstitusiyasiga kiritiladigan asosiy tuzatish – siyosiy xarakterga ega o‘zgarish edi. Ya’ni, Rossiya aholisi 2024 yilda o‘z vakolatlarini yangi prezidentga topshirishi lozim bo‘lgan Putinning prezidentlik qilgan muddatlarni bekor qilinishi masalasida o‘z xohishini bildirishi lozim edi, deydi "Kun.uz".

1 iyulda o‘tkazilgan referendumda qatnashganlarning 77,92 foizi konstitusiyaga o‘zgartirish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi. Endi, hozir o‘zining ikkinchi muddatida (boshdan hisoblansa to‘rtinchi muddat) Rossiyani boshqarayotgan amaldagi prezident Vladimir Putin 2024 va 2030 yillarda o‘tkaziladigan prezident saylovlarida bemalol o‘z nomzodini qo‘ya oladi.

Putinga Rossiyani yanada uzoqroq boshqarish uchun imkoniyat beradigan konstitusion o‘zgarishlar haqida Tereshkova ilk taklif berganidayoq buni nafaqat boshqa davlatlarda, balki Rossiyaning o‘zida ham tanqidiy ruhda kutib olishgandi. 1 iyul kuni referendum natijalari aniq bo‘lganidan so‘ng unga dunyoning ko‘plab OAV va siyosiy tahlilchilari o‘z fikrini bildirdi.

The Guardian: «Kreml va uning tarafdorlari Rossiya konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish va Vladimir Putinga mamlakatni 2036 yilgacha boshqarish imkoniyatini beradigan qonun uchun umumxalq ovozini olishdi.

...Referendum natijalariga ko‘ra rossiyaliklarning aksariyati Putinning to‘rtinchi va oxirgi prezidentlik muddati tugagan 2024 yildan keyin ham mamlakatni boshqarishda davom etishini qo‘llab-quvvatlagan. Aholini ovoz berishga chaqirgan targ‘ibotlarda bu referendum natijasi Putinning vakolat muddati cheklovlarini bekor qilishi mumkinligi haqida hech narsa deyilmagan.

Bir ovoz bilan «qarshiman» yoki «ha» deyish orqali rossiyaliklar shuningdek, pensiya hamda eng kam ish haqini oshirish, hukumatning kamtarona qayta tashkil etilishi, «Xudoga ishonish»ni konstitusiya bilan mustahkamlab qo‘yish, bir jinsli nikohni taqiqlash, rus tili va tarixini asrab-avaylashga chaqiruvchi o‘zgarishlar uchun ham ovoz berishdi. Bundan tashqari, referendumda yuqori mansabdor shaxslarning ikki fuqarolikka ega bo‘lishlarini taqiqlash haqidagi band uchun ham ovoz berish kiritilgandi.

Referendum orqali ovoz berish konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish uchun oxirgi qadam edi. Ungacha barcha jarayonlar allaqachon Rossiya konstitusiyaviy sudida ko‘rib chiqilgan va mintaqaviy qonun chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi».

Financial Times: «Vladimir Putinning ismi Rossiya konstitusiyasiga kiritilgan tuzatishlarni ma’qullash uchun o‘tkazilgan referendumda ovoz berish byulletenlarida ko‘rinmaydi. Ovoz berish jarayonlarida uning 2036 yilgacha prezident bo‘lib qolishiga imkon beradigan qoidalarni eslatishdan qochilgan.

...Rejalashtirilgan konstitusiyaviy tuzatishlarga ijtimoiy nafaqalar kafolati, shuningdek, millatchilik kayfiyatlari shakllanishiga qarshi kurashish kabi saylovchilarni chalg‘itishga qaratilgan bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Bularga bir jinsli nikoh taqiqlanishi va Rossiyaga tegishli hududlarni qaytarish, rus tilini «davlatning asosini tashkil etuvchi etnik guruh tili» sifatida birlashtirish va Ikkinchi jahon urushi paytida «xalqning «Ulug‘ Vatan urushi»da vatanni himoya qilishdagi g‘alabasining ahamiyatini kamsitishga urinishga qarshi» so‘rovlar ham kiradi. Ammo janob Putin na o‘z nutqida, na saylovoldi tashviqoti materiallarida hozirgi paytda qabul qilinadigan maksimal ikkita prezidentlik muddatini bekor qiladigan nuqtayi nazarga ahamiyat berdi.

...Bu Putinning hozirgi olti yillik vakolat muddati 2024 yilda tugashi bilan yana ikki marta prezidentlikka nomzod bo‘lishiga imkon beradi».

CNN: «Prezident Vladimir Putin kelgusi o‘n yillikning o‘rtalariga qadar hokimiyatda qolish istagida katta g‘alabani qo‘lga kiritdi.

1 iyul kuni rossiyaliklar konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumida ovoz berish uchun saylov uchastkalariga borishdi. Ushbu referendum mamlakatni shundoq ham yigirma yildan beri boshqarib kelayotgan Putinning 2036 yilgacha prezident bo‘lib qolishiga yo‘l ochib beradi».

Le Monde: «Yakuniy natijalarga ko‘ra, referendumda qatnashganlarning 78 foizi konstitusiya o‘zgartirilishi uchun ovoz bergan. Rasmiylarning asosiy xavotiri aholining referendumda qatnashish masalasi edi. Kreml tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega aholining 65 foizi referendumda qatnashgan. Bu referendumning natijalarini inobatga olish uchun yetarli bo‘lgan miqdor hisoblanadi. Aksariyat mintaqalar o‘z aholisining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan qismining 70 foizga yaqini referendumda qatnashgani haqida ma’lumot bergan.

Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aholining bu referendumda faol qatnashganining ko‘plab sabablari bor. Vladimir Putinning haqiqiy mashhurligi, Rossiya siyosatining asosiy qadriyatiga aylangan barqarorlikka chanqoqlik, shuningdek, yashirin va samarali saylov marketingi hamda demokratik ovoz berish standartlari bilan muhim kelishuvlar».

Zeit: «Ushbu konstitusiyani o‘zgartiradigan referendum, hatto uni «referendum» deb ham atab bo‘lmaydi, juda o‘ziga xos qoidalarga muvofiq bo‘lib o‘tdi. Rossiya yangi tarixidagi eng g‘alati ovoz berish jarayoni bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli odamlar birinchi marta, nafaqat bir kunda, balki butun hafta davomida rasman ovoz berishdi. Ular avtoulovlarning ochiq yukxonasida, eski avtobusda, daraxtlar ostida, o‘yin maydonchalarida, chodirlarda va piyodalar yo‘lakchasiga o‘rnatilgan o‘rindiqlarda o‘tirib ovoz berishdi.

...Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli barcha ovozlarni sanab chiqqandan so‘ng saylovchilarning 77,92 foizi konstitusiyadagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lgan, Bu Vladimir Putinga yana ikki bor o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishiga imkon beradi».

Reuters: «Rossiyaliklar Vladimir Putinga 2036 yilgacha hokimiyatda qolish uchun eshikni lang ochib berdi.

...Putin, sovet ittifoqi diktatori Iosif Stalin davridan beri Rossiyada eng uzoq vaqt hukmronlik qilib kelayotgan rahbar hisoblanadi. Ovoz berish belgilangan kun arafasida u o‘tkaziladigan referendum martabasiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini bilmasligini gapirib, hali kelajagi haqida qaror qilmaganini aytgan edi. Putinni zamonaviy shohga tenglashtirgan tanqidchilar uning yana saylovlarda qatnashishiga shubha qilishmayapti.

Ammo ba’zi tahlilchilarga ko‘ra, u «cho‘loq o‘rdak» bo‘lib qolmaslik uchun turli imkoniyatlarni saqlab qolishni istayapti («Cho‘loq o‘rdak» – bu AQShda ikki muddat prezidentlik qilib bo‘lgan va nomzodini qayta qo‘ya olmaydigan prezidentlar). «Levada» ijtimoiy so‘rov agentligi o‘tkazgan so‘rovda so‘ralganlarning 60 foizi Putinni qo‘llashini ma’lum qilgandi. Ammo referendumda qatnashganlarning qariyb 80 foizi konstitusiyani o‘zgartirishni qo‘llab ovoz bergan. Bu zamonaviy saylovlarda zo‘r natija hisoblanadi.

Bloomberg: «Rossiyada turmush darajasi pasayib ketayotgani uchun jamoatchilik noroziligi kuchayib borayotgan bir paytda, Kreml rasmiylari referendumda saylovchilarning ko‘proq qatnashishiga erishish uchun hamma ishni qildi. Hokimiyat vakillari rossiyaliklarni populistik mazmundagi, masalan, bir jinslilar nikohini taqiqlash, rus tilini qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularni ham ovoz berish jarayoniga qo‘shib saylovchilarni chalg‘itdi va maksimal ovozga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, ular Putinga mamlakat taxtini uzoq muddat boshqarishga imkon beradigan so‘rovni boshqa so‘rovlar orasiga tiqib ahamiyatini tushirishdi va «ha» deb beriladigan javobga qarshi targ‘ibot qilganlarga to‘sqinlik qilishdi».

«Ushbu ovoz berish jamiyatdagi tafovutni oshiradi va ko‘pchilikni ozchilikdan ajratadi. Bu saylov jarayonlarini butunlay yo‘q qilish uchun xavfli holat. Keyingi saylovda ushbu amaliyotlarni takrorlash vasvasasi juda kuchli bo‘ladi», deydi Moskva siyosiy texnologiyalar markazi prezidenti Boris Makarenko.

The New York Times: «Janob Putinga saylovchilarning konstitusiyani o‘zgartirish haqidagi qo‘llovi nega kerak bo‘lgani biroz tushunarsiz holat. Chunki konstitusiyaga o‘zgartirish haqida shu paytgacha Rossiya parlamenti va mintaqalardagi qonun chiqaruvchi organlar o‘z roziligini berib bo‘lgandi.

«Huquqiy nuqtayi nazardan referendum o‘tkazish jarayoni aqlsizlikdan boshqa narsa emas», deydi sosiolog va professor Grigoriy Yudin. Shu bilan birga, u «bu ma’nosiz jarayon emas» deb ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, Putin boshchiligidagi Rossiya boshqaruv tizimiga prezident qabul qilgan qarorlarga qonuniylik berish uchun tashqi qo‘llab-quvvatlov juda kerak. «Bu teatr, ammo juda muhim va yaxshi ishlangan teatr. Boshqaruv tizimi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan namoyishlarni tashkil qilishi kerak, hatto bunday qo‘llab-quvvatlovning o‘z bo‘lmasa ham», deya ta’kidlaydi sosiolog.

EUobserver: «Putinning bu harakati uni umrbod prezidentlik qilgan rahbarlar mintaqaviy klubining a’zosiga aylantiradi».

Le Monde: «G‘alaba qozonib o‘ziga kerakli natijani olish uchun «ha» so‘zi bilan tuzilgan o‘ziga xos ovoz berish paytida, rossiyaliklar mamlakat konstitusiyasining 81-moddasini ma’qulladi. Konstitusiyadagi ushbu o‘zgarish shu ondan boshlab amaldagi muddati 2024 yilda yakunlanadigan Putinga undan keyin ham hokimiyatda qolishiga imkon beradi. Shu paytgacha Rossiya konstitusiyasi bir odamning manfaatlariga ko‘ra qayta yozilmagandi. Bu birinchisi bo‘ldi.

Le Figaro: «Rossiya Putin davrini uzaytirish uchun ovoz bermoqda.

...Ovoz berish natijalari qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida hech qanday shubha yo‘q edi: islohot yoz boshida qonun chiqaruvchi organ, parlament tomonidan ma’qullangan va konstitusiyaning yangi matni allaqachon kitob do‘konlarida sotilyapti.

... Eng munozarali ushbu tuzatish Putinga 2024 yilda amaldagi prezidentlik muddati tugagandan so‘ng yana ikki muddat Rossiyani boshqarish huquqini beradi. Putinga ko‘ra, bu zarurat, chunki siyosiy sinf «potensial vorislarni qidirishda» adashib qolmasligi kerak. Konstitusiyani o‘zgartirish unga 2036 yilgacha, 84 yoshga kirgunicha Kremlda qolish imkonini beradi».

Politico: «Hayron qoldiruvchi sovg‘a! Putin g‘alaba qozondi. Ovoz berish natijasi hech qachon shubha uyg‘otmaydi. Rossiyaning o‘zgartirilgan yangi konstitusiyasi nusxalari natijalar ma’lum bo‘lishidan bir necha kun oldin kitob do‘konlarida sotila boshlandi. Rossiyada saylovlar shaffof o‘tmasligini shundan ham bilib olavering».

Associated Press: Siyosatshunos Yekaterina Shulman Associated Press nashriga aytishicha, Kreml xavfli vaziyat bilan to‘qnashdi: Ovoz berish jarayoni avvalroq o‘tkazilsa siyosiy maqsadlar uchun jamoat sog‘lig‘iga putur yetkazganlik ayblovlari ilgari surilishi mumkin edi. Ikkinchi tarafdan referendumni kechiktirib, keyinroq o‘tkazish mag‘lubiyat xavfini oshirardi. Shuning uchun Putin va uning jamoasi koronavirus pandemiyasi keng tarqalgan paytda aholi sog‘ligini garovga qo‘yib bo‘lsada uni tezroq o‘tkazish payida bo‘ldi. «Referendumni kuzda o‘tkazish juda xavfli bo‘lar edi», deydi Shulman.

«Biz turli mintaqalarni ko‘rib chiqmoqdamiz, ovoz berishda ro‘y bergan qonunbuzarliklar yaqqol ko‘rinib turibdi», deydi «Golos» harakatining hamraisi Golosiy Melkonyans. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi mintaqalarda saylovchilarning ishtiroki sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan. Ovoz berish natijalari «haqiqatan ham hech qanday huquqiy maqomga ega bo‘lmaydi».

NBC News: «Rossiya konstitusiyasiga tuzatishlar qabul qilinishiga ozgina shubha bor edi. Ammo Rossiya saylovlari uchun ko‘proq muhim narsa saylovchilarning ishtiroki haqidagi statistik ma’lumotlar. Kreml esa «ovoz berish natijalari xalq irodasining qonuniy ifodasi» degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada, koronavirus pandemiyasiga qaramay referendum o‘tkazilgan kunlarda rossiyaliklarni uydan chiqarish uchun rasmiylar tomonidan katta kuch sarflandi.

Ikkinchi tarafdan esa mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi hali ham odamlarni COVID-19 virusidan saqlanishlari uchun uyda o‘tirishlari lozimligi haqida ogohlantirmoqda. Buyoqda esa hukumat odamlarni referendumga borishga undab taklif qilingan o‘zgartirishlar uchun ovoz berishga chaqirdi.

«Rasmiylar saylov uchastkalariga kelganlar uchun turli sovg‘alar, jumladan soch quritish moslamasidan tortib yangi xonadonlargacha o‘ynaladigan lotereyalarni taklif qildi. Shuningdek, Moskva shahrida «Millionta sovg‘a» nomi ostida tanlov uyushtirildi va unda 145 million dollarni turli mahsulotlarga almashtirish mumkin bo‘lgan vaucherlar shaklida yutuq o‘ynaldi».

«Referendum natijalari Putinning kelajagini toshga o‘yib yozmaydi. Ammo uning 2036 yilgacha hokimiyatda qolishiga yo‘l ochib beradi. Bu esa unga Buyuk Pyotr davridan beri Rossiyada eng uzoq vaqt hukmron bo‘lgan davlat rahbari bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Ammo u buning uchun yana ikkita yangi prezidentlik kampaniyasini olib borishi kerak».

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taklif qilingan konstitusiyaviy tuzatishlarni tayyorlash ishlari jadal sur’atlar bilan ketayotgan bir paytda, g‘arb huquqshunoslari bu ishga o‘z bahosini berdi. Ularning aksariyati Rossiyada konstitusiya o‘zgartirilishini salbiy kutib olishdi. Aksariyat tahlilchilarning fikriga ko‘ra, prezident tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar Rossiya Federasiyasi konstitusiyasiga zid keladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ham ma’lum Rossiyada 1 iyulda o‘tkazilgan referendumga ko‘pchilik salbiy munosabat bildirdi. Aksariyat tahlilchilarning fikricha, aksariyat sohalarda dunyoning birinchi o‘ntalik davlatlari safiga kiradigan davlatda bir shaxsning uzoq muddat prezidentlik qilishi, buni ustiga o‘sha shaxs tomonidan prezidentlik muddati 4 yildan 6 yilga oshirilishi juda ham salbiy holat.

Putin Rossiyada hokimiyat tepasiga kelganidan buyon AQShda to‘rt prezident almashdi. 1999 yil u Rossiya rahbari bo‘lganda AQShda hali Bill Klinton prezident edi. Undan so‘ng Jorj Bush, Barak Obama prezidentlik qilib o‘tishdi va rahbarlik Trampga o‘tdi. Agar kuzda o‘tkaziladigan saylovda Tramp yutqazsa va uning o‘rniga yangi prezident saylansa, bu prezident Putin hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng AQShda rahbarlik qilgan beshinchi prezident bo‘ladi. Endi, agar Putin 2024 yildan keyin ham prezident bo‘lib saylansa va Rossiya taxtida qoladigan bo‘lsa u rahbarlik qilgan davrda AQShning nechanchi prezidentini ko‘radi, buni tasavvur qilib olavering.

Shu o‘rinda bir qiziq ma’lumot: AQShda 1947 yilgacha ikki muddat prezidentlik qilish va o‘rnini bo‘shatishga shunchaki yozilmagan qoida asosida amal qilingan. AQShda jami 44 nafar shaxs prezidentlik qilgan bo‘lsa ularning birortasi uchinchi muddatga ham qolish uchun konstitusiyani o‘zgartirishga urinmagan. Ikki muddat mamlakatni boshqarib, o‘rnini bo‘shatib ketaverishgan. Hatto XVII-XIX asrdagi prezidentlar ham. Bugun dunyo shuncha taraqqiy topganiga qaramasdan Rossiyaday katta mamlakatda bir shaxs 20 yildan beri taxtda o‘tiribdi va kamiga yana o‘tirmoqchi. Bu esa yaxshilik va demokratiya alomati emas.

G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eron Hormuz orqali yangi yo‘nalish ishlab chiqdi

Бу ҳақда Қатарнинг Al Jazeera телеканали хабар берди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.