Putin amerikalik jurnalistga tatamida jang qilishni taklif qildi

Putin amerikalik jurnalistga tatamida jang qilishni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda R-Sport xabar qildi.

Bloomberg  agentligining xalqaro siyosat bo‘yicha ijrochi muharriri Rozalind Metison davlat rahbariga savol berdi va Putin bilan "ringga chiqishga jur’at eta olmagan" bo‘lishini ta’kidladi.  Savoldan so‘ng uchrashuv moderatori jurnalist tay boksi (muay-tay)ga qiziqishini ma’lum qildi.

“Birinchidan, men o‘zim siz bilan ringga chiqmagan bo‘lishimni aytmoqchiman. Siz ayol kishi bo‘lganingiz uchun emas, balki har bir kishi o‘z ishi bilan shug‘ullanishi lozim. Men hech qachon boks bilan shug‘ullangan emasman. Tatamiga bo‘lsa – marhamat, siz bilan jang qilishga tayyorman. Biroq bu yerda raqobat ustunligiga ega bo‘laman, sizni ishontirib aytishim mumkin”, - deya hazil qildi Putin.

Ma’lumot uchun, Putin yoshligidan sportning dzyudo va sambo turlari bilan shug‘ullanadi. 1973 yilda sambo, ikki yil o‘tib esa dzyudo bo‘yicha bo‘yicha sport ustasi bo‘ldi. 1998 yilda Rossiyaning sambo bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!