Putin Afg‘onistondan Rossiya fuqarolarini evakuasiya qilishni topshirdi

Putin Afg‘onistondan Rossiya fuqarolarini evakuasiya qilishni topshirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Vladimir Putin topshirig‘iga asosan Afg‘onistondan 380 kishini evakuasiya qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Ayni damda uchta Il-76 harbiy transport samolyotlari Qobul aeroportiga 108 tonna insonparvarlik yordami olib kelgan. Evakuasiya qilish kutilayotgan fuqarolar samolyotga chiqarilmoqda", - deyilgan xabarda.

Ushbu harbiy-transport samolyotlar Rossiya fuqarolaridan tashqari Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Afg‘oniston fuqarolarini evakuasiya qilishi kutilmoqda. Har bir samolyotda harbiy shifokorlar brigadalari va kerakli tibbiy buyumlar bor, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ham Rossiya Afg‘onistondan 400nafarga yaqin Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilgan edi.
Tolibon* harakai Afg‘oniston hukumati boshiga 2021 yilning avgust oyida kelgan edi. Shundan so‘ng ko‘plab xorijiy davlatlar o‘z fuqarolarini ushbu mamlakatdan evakuasiya qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!