Putin 2024 yil bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etadi

Putin 2024 yil  bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etadi

Vladimir Putin 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga Vatan Qahramonlari kuni munosabati bilan Kremlda o‘tkazilgan tantanali marosimdan so‘ng davlat rahbari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat ishtirokchilari ma’lum qildi.

"DXR parlamenti spikeri Artem Joga Putinga tegishli so‘rov bilan chiqdi va Rossiya prezidenti rozi bo‘ldi", dedi ishtirokchilar.

Putinning davlat rahbari sifatidagi amaldagi vakolatlari 2024-yil 7-mayda tugaydi. Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 17-martga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!